Pedogogika

Ushbu kitob pedagogika fanining asosiy tushunchalari, maqsad va vazifalari, shuningdek, ta'lim-tarbiya jarayoni, metodlari va tamoyillarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda milliy g'oya va mafkurani shakllantirish, insonning kamoloti, vijdon tarbiyasi kabi masalalar ham ko'rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Pedagogikaning predmeti, maqsad va vazifalari: Jamiyat va olam rivojida pedagogikaning mohiyati, maqsadlari, vazifalari, ob'ekti va predmeti, asosiy tushunchalari hamda milliy g'oya va milliy mafkurani shakllantirishda pedagogikaning tutgan o'rni bayon etilgan.
  • Milliy g'oya, milliy mafkuraning pedagogik asosi: Milliy g'oyaning mohiyati, insonning nodir betakrorligi, ilmiy pedagogik tadqiqot metodlari va uslublarining ilmiy manbalarni o'rganishdagi o'rni ko'rsatib berilgan.
  • Tarbiya jarayoni va tarbiya usullari. Ma'naviy sifatlar: Tarbiya jarayonining mohiyati, vazifalari, usullari va tamoyillari, ma'naviy manbalardagi insonparvarlik g'oyalari hamda komil insonning ma'naviy sifatlari va komillik mezonlari haqida ma'lumot berilgan.
  • Vijdon va uni tarbiyalash. Huquqiy tarbiya: Vijdonning mohiyati, uni tarbiyalash yo'llari, huquqiy tarbiya, insonning o'z kasbiga, mulkiga va tabiatga vijdoniy munosabati, fikr tarbiyasi, erkin va kasbiy fikrlash kabi mavzularga bag'ishlangan.
  • Aql tarbiyasi. Donolik, murabbiylik. Mehnat va kasb tarbiyasi: Inson aql-zakovati, donolik, murabbiylik, mehnat va kasb tarbiyasi, mehnat etikasi va estetikasi, jismoniy tarbiya kabi tushunchalarning mazmuni ochib berilgan.
  • Ta'lim jarayoni va mutaxassislik. Ta'lim tamoyillari (principlari): Ta'lim tamoyillarining mohiyati, tasnifi, ta'lim jarayonining tuzilishi (bosqichlari) va ta'lim tamoyillarining o'zaro bog'liqligi ko'rsatilgan.
  • Ta'lim metodlari va vositalari. Ta'lim-tarbiyaning zamonaviy tashkiliy shakllari: Ta'lim shakllarining tarixi, darsning mohiyati, ta'lim-shaxs rivojlanishining omili, ta'lim va tarbiyaning uzviyligi kabi masalalar muhokama qilingan.
  • Ta'lim tarbiya jarayonini tashkil qilish. Boshqarish tizimi va ishlab chiqarish: Pedagogik boshqarish tushunchasi, ta'lim tizimini boshqarish, ta'lim-tarbiyani boshqarish bo'yicha vakolatli davlat organlari haqida ma'lumotlar keltirilgan.