Elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalari
Ushbu kitob "Elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalaridan" laboratoriya ishlariga oid uslubiy qo`llanma bo`lib, unda elektrotexnika, elektronika asoslari va elektr mashinalari hamda yuritmalariga doir laboratoriya ishlari keltirilgan. Qo`llanma oliy texnika o`quv yurtlarining noelektrotexnik ixtisosliklari uchun mo`ljallangan.
Asosiy mavzular
- Oddiy o'zgarmas tok elektr zanjirlari: Bu mavzuda elektr o'lchov asboblari yordamida tok va kuchlanishlarni o'lchash, Om va Kirxgof qonunlarini tekshirish, ketma-ket, parallel va aralash ulash xususiyatlari o'rganiladi.
- Ustma-ustlash (superpozitsiya) usulini tajribada tekshirish: Murakkab o'zgarmas tok zanjirlaridagi tok va kuchlanishlarni ustma-ustlash usuli orqali hisoblash tajribasi.
- Sinusoidal tok zanjirida iste'molchilarni ketma-ket ulash: Sinusoidal o'zgaruvchan tok zanjirida aktiv, induktiv va sig'im elementlarini ketma-ket ulashda kuchlanishning taqsimlanishi, Om va Kirxgof qonunlarining tatbiqi hamda vektor diagrammalarini qurish o'rganiladi.
- O'zgaruvchan tok zanjirida elektr energiyasi iste'molchilarini parallel ulash: Sinusoidal o'zgaruvchan tokning parallel zanjirlari uchun Om qonuni va Kirxgofning birinchi qonunini tatbiq etish, aktiv, induktiv va sig'im elementlarini parallel ulashda tokning taqsimlanishini o'rganish.
- Kuchlanish rezonansi: Aktiv, induktiv va sig'im qarshiliklari ketma-ket ulangan zanjirda kuchlanishlar rezonansi hodisasini eksperimental tekshirish, zanjirning ketma-ket tebranish konturini rezonansga qadar, rezonans paytida va rezonansdan keyingi bo'lgan parametrlarini aniqlash.
- Iste'molchilar yulduz sxemada ulangan uch fazali elektr zanjiri: Iste`molchilar yulduz sxemada ulangan uch fazali tok zanjirining turli rejimlardagi ishini tajribada tekshirish: a) tekis aktiv yuklama uchun; b) notekis aktiv yuklama uchun; d) notekis aktiv, induktiv va sig`im yuklamalar uchun.