Ona tili o’qitish metodikasi
Ushbu kitob ona tili o'qitish metodikasiga bag'ishlangan bo'lib, unda boshlang'ich sinflarda ona tili ta'limining nazariy va amaliy jihatlari keng yoritilgan. Kitobda o'qitish metodlari, tamoyillari, dars turlari va ularning tuzilishi, o'quvchilarning nutqini o'stirish, badiiy asarlarni tahlil qilish, savod o'rgatish metodikasi kabi muhim mavzular batafsil bayon etilgan.
Asosiy mavzular
- Ona tili o'qitish metodikasi: Metodikaning predmeti, vazifalari, boshqa fanlar bilan aloqasi. DTS talablari, mohiyati. Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasining asosiy bo'limlari.
- Ona tili o'qitish metodikasi tamoyillari: Tilning aloqa vositasi ekanligi, ilmiy asoslari va boshqa fanlar bilan bog'liqligi. Ona tili o'qitish tamoyillarini ishlab chiqish haqida umumiy ma'lumot. Metodika va ta'lim-tarbiya.
- Ona tili o'qitish metodikasi fanining tekshirish metodlari: Metodlar haqida ma'lumot (an'anaviy va noan'anaviy). Tekshirish metodlariga qo'yiladigan talablar. Tekshirish metodlarining turlari. Metodikaning ta'lim-tarbiyadagi ahamiyati.
- Ona tili – boshlang'ich sinflarda o'quv fani: Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish tarixidan. Ona tili boshlang'ich sinflarda asosiy fanlardan biri. Boshlang'ich sinf ona tili dasturining tuzilishi va mazmuni. Dastur bo'limlari, xususiyatlari.
- Savod o'rgatish metodikasi: Savod o'rgatish mutodikasining psixologik va lingvistik asoslari. Savod o'rgatish, uning maqsad va vazifalari. Savod o'rgatish metodlari. O'qish va yozish nutq faoliyatining turi. O'zbek tilining tovush tuzilishi va grafikasi. O'qish va yozish jarayoniga psixo-fiziologik tavsif. O'qish va yozishga o'rgatishning o'ziga xos xususyatlari, ahamiyati.
- Savod o'rgatish jarayoni: Savod o'rgatish jarayoni haqida umumiy maʼlumot, uni tashkil etish. Savod o'rgatish jarayoni davrlari. Savod o'rgatishda differensial va individual yondashish. Savod o'rgatishda o'quvchilar bilim va ko'nikmalariga qo'yiladigan talablar. Savod o'rgatish bo'yicha o'qish darsining tuzilishi. Savod o'rgatish bo'yicha yozuv darsining tuzilishi.
- O'qishga o'rgatish: O'qishga o'rgatishning maqsad va vazifalari. Tayyorgarlik davri – o'quvchilarni o'qishga o'rgatish uchun zamin. O'qishga o'rgatishda tinish belgilari. O'quvchilarni harf bilan tanishtirish yo'nalishlari. O'qishga o'rgatishda bo'g'inlarning o'rni. O'qishga o'rgatishda qo'llanadigan usullar va ko'rgazmalar. O'qishga o'rgatishda samaradorlikka erishish yo'llari. O'qishga o'rgatishning ta'limiy, tarbiyaviy va ijtimoiy ahamiyati.
- Savod o'rgatish mashqlarining asosiy turlari: Tovush va harf ustida ishlash maqsad va vazifalari. Tovush ustida ishlash mashqlari. Savod o'rgatish darslariga dars ishlanmasi yozing. Savod o'rgatish davrida grammatik-orfografik propedevtika. Savod o'rgatish davrida lisoniy bilimlar berish. Savod o'rgatish davrida nutq o'stirish.
- Savod o'rgatish jarayonida yozuvga o'rgatish: Savod o'rgatish mashqlarining turlari. Yozuvga o'rgatish vazifalari. Hozirgi yozuv shrifti haqida. Lotin yozuvining o'ziga xos xususiyatlari. Yozuvga o'rgatishning tashkiliy va gigienik shartlari. Yozuvga o'rgatishning ta'limiy shartlari. Yozuvga o'rgatishda orfografik elementlar, husnixatga o'rgatish. Yozuv darsida o'quvchilar nutqini o'stirish. 1-sinfda "Yozuv daftari” bilan ishlash. Yozuvga o'rgatishning ijtimoiy ahamiyati.
- Savod o'rgatish davrida o'qish va yozuv darslari: O'qish va yozuv darslarining o'ziga xos xususiyatlari nimada? O'qish va yozuv darslariga qo'yiladigan talablar. O'qish va yozuv darslarining turlari. Savod o'rgatish jarayonida o'qish va yozuv darslari sistemasi. Oz komplektli maktablarda savod o'rgatish darslarining xususiyatlari. "Alifbe” kitoib va unga qo'yiladigan talablar. "Alifbe” turlari qaysilar?
- Sinfda o'qish metodikasi: Sinfda o'qish darslarining ta'lim-tarbiyaviy ahamiyati va vazifalari. O'qish darslarining ta'lim-tarbiyaviy xususiyatlari. Sinfda o'qish darslarining maqsad va vazifalari. O'qish malakasining shakllanish bosqichlari. YAxshi o'qish malakasining sifatlari va ularni takomillashtirish yo'llari. YAxshi o'qish malakasi sifatlarini egallashning ta'limiy va ma'naviy ahamiyati.
- O'qish darslarida nutq o'stirish: Nutq va uning turlari. O'qish darslarida nutq o'stirishga yaratilgan imkoniyatlar. O'qish darslarida og'zaki nutqni o'stirish yo'li va vositalari. O'qish darslarida yozma nutqni o'stirish yo'llari. Nutq o'stirishning taʼlim-tarbiyada tutgan o'rni. Nutq o'stirishga qo'yilgan DTS talablari. Nutq o'stirishda lug'at ustida ishlashning ahamiyati.
- Badiiy asarni tahlil qilish: Boshlang'ich sinflarda o'rganiladigan badiiy adabiyot janrlari. Badiiy asarni tahlil qilishdagi metodik shartlar. Boshlang'ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilishning adabiy asoslari. Kichik yoshdagi o'quvchilarning badiiy asarni idrok etishdagi psixologik xususiyatlari. Asarni tahlil qilishning ta'lim-tarbiyaviy ahamiyati.
- Umumlashtiruvchi o'qish darsi: O'qish darslarning turlari. Umumlashtiruvchi darsning o'ziga xos xususiyatlari maqsadi. Umumlashtiruvchi o'qish darsining ta'lim-tarbiyaviy imkoniyatlari. Umumlashtiruvchi o'qish darsi qurilishi.