Buxgalteriya hisobi va audit

"Buxgalteriya hisobi va audit" o'quv qo'llanmasi buxgalteriya hisobining nazariy asoslari, korxonalarda aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapital hisobini yuritish, moliyaviy hisobotni tuzish tartibi, audit nazariyasi, uning umumiy metodologiyasi va tashkil qilinishi masalalarini qamrab olgan. Qo'llanma talabalar, o'qituvchilar, ilmiy xodimlar, buxgalterlar va auditorlar uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Buxgalteriya hisobining nazariy asoslari: Hisobning mohiyati, ularning tasniflanishi va tavsiflari, buxgalteriya hisobining predmeti, ob'ektlari, unda qo'llaniladigan usul va uslublarning mazmuni ochib berilgan.
  • Korxonalarda buxgalteriya hisobi: Korxona hisob siyosatining mazmuni, tarkibi, tuzilishi va taqdim etilishi koʻrsatilgan. Korxonalarning uzoq va qisqa muddatli aktivlarini, majburiyatlarini, xususiy kapitali va oxirgi moliyaviy natijalarini hisobga olish tartibi milliy standartlarga muvofiq yoritilgan. Moliyaviy hisobotning shakllari va konsolidatsiyalashtirilgan hisobotlarni tuzish tartibi keltirilgan.
  • Audit asoslari: Auditning mohiyati, turlari, maqsadi, vazifalari, auditorlik tashkilotlari va auditorlarning huquq va majburiyatlari, javobgarliklari, auditorlarning ishchi hujjatlari, auditda qoʻllaniladigan usul va uslublarning mohiyati ochib berilgan. Auditni rejalashtirish va tashkil qilish bosqichlari, uni oʻtqazishning metodologik asoslari, korxonalar moliyaviy xoʻjalik faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari, balans moddalarining realligini auditorlik tekshiruvidan o'tqazish ketma-ketligi koʻrsatib berilgan.