Тарихий атамашунаслик

Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligi tomonidan Namangan Davlat Universiteti Vatan tarixi kafedrasi uchun Tarixiy atamashunoslik fanidan o‘quv-uslubiy material sifatida nashr etilgan. Unda Tarixiy atamashunoslik fanining mohiyati, o'rganish obyekti va vazifalari, O‘zbekiston tarixida tutgan o'rni hamda fan doirasida ko'rib chiqiladigan masalalar yoritilgan. Materiallar Tarix fakulteti talabalari uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Qadimgi dunyo tarixining tarixiy atamalari: Ushbu mavzu atamashunoslik tushunchasi, atamalar shakllanishi, Oʻrta Osiyo hududida qadimgi davrlardagi atamalar, qadimgi tarixning diniy atamalari, ijtimoiy-iqtisodiy mavzudagi tarixiy atamalar va madaniyatga oid tarixiy atamalarni oʻz ichiga oladi.
  • O‘rta Osiyoga arablarning bosqini va arab tilidan o‘zlashgan tarixiy atamalar: Ushbu mavzu Islom dinining paydo boʻlishi va Oʻrta Osiyoda tarqalishi, islom dini bilan bogʻliq va arab tilidan oʻzlashgan atamalar, iqtisodiy mavzudagi tarixiy atamalar bilan qamrab olingan.
  • O‘rta Osiyo davlatlarining IX-XVIII asrlardagi tarixiy atamalari: Siyosiy-harbiy mavzudagi tarixiy atamalar, iqtisodiy mavzudagi tarixiy atamalar, ogʻirlik va uzunlik oʻlchov birliklarini ifodalovchi atamalar yoritilgan.
  • O‘rta asrlar Yevropa mamlakatlarining tarixiy atamalari: Ushbu mavzu Ijtimoiy-iqtisodiy mavzudagi atamalar, diniy mavzudagi tarixiy atamalar, siyosiy-harbiy mavzuga oid atamalarni qamrab oladi
  • O‘rta Osiyo xonliklarining tarixiy atamalari (XIX-XX asr boshlari): Ushbu mavzuda Oʻrta Osiyo xonliklarining geosiyosiy oʻrni, Xonliklarning maʼmuriy tizimdagi mansablari, Harbiy va diniy mavzudagi tarixiy atamalar, Soliq va majburiyatlarni ifodalovchi tarixiy atamalar tahlil qilingan.
  • Yangi va eng yangi davrning tarixiy atamalari: Mazkur mavzu siyosiy mavzudagi tarixiy atamalar, Iqtisodiy mavzudagi tarixiy atamalar, Diplomatiyaga oid tarixiy va zamonaviy atamalar va Mustaqillikning e`lon qilinishini o’z ichiga oladi. Tarixiy atamalarning tiklanishi mavzulari keng yoritilgan.