Arxiologiya

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan nashr etilgan bo'lib, Al-Xorazmiy nomli Urganch Davlat Universitetining "Tarix" kafedrasi tomonidan bakalavriat yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan. Kitobda arxeologiya fanining mohiyati, vazifalari, O'rta Osiyoning qadimgi tarixi va madaniyati, tosh davridan o'rta asrlargacha bo'lgan davrlar, yodgorliklar va ularning o'rganilishi tarixi yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Arxeologiya faniga kirish: Arxeologiya fan sifatida, fanining predmeti, vazifalari, manbalari, yodgorliklar, arxeologik madaniyat, davrlashtirish va xronologiya, rivojlanish tarixi, O'rta Osiyo arxeologiyasi va zamonaviy bosqichlari.
  • O'rta Osiyo paleolit davrida: Paleolit davri umumiy tavsifi, davrlashtirish va xronologiya, O'rta Osiyoning paleolit davri yodgorliklari, tosh qurollariga ishlov berish texnikasi, Paleoantropologik topilmalar, xo'jaligi.
  • O'rta Osiyo mezolit davrida: Mezolit davri umumiy tavsifi, davrlashtirish va xronologiya, Mezolit madaniyati va hududiy variantlari, xo'jalik va moddiy madaniyat.
  • O'rta Osiyo neolit davrida: Neolit davri umumiy tavsifi, ishlab chiqaruvchi xo'jalik shaklining shakllanishi, Joytun madaniyati, Kaltaminor doirasidagi madaniyatlar, Sazag'on madaniyati, Hisor madaniy-tarixiy birligi, qabilalar moddiy madaniyati va xo'jaligi.
  • O'rta Osiyo eneolit davrida: Eneolit davri xronologiyasi va tavsifi, ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar, sun'iy sug'orish, O'rta Osiyoning eneolit davri yodgorliklari, eneolit davri madaniyati bosqichlari, manzilgohlar, qurilish konstruktsiyasi, kulolchilik, haykalchalar, Janubiy Turkmanistonning eneolit davri komplekslarining vujudga kelishi, Sarazm madaniyati.
  • O'rta Osiyo bronza davrida: Bronza davri umumiy xususiyatlari, xronologiya va davrlashtirish, hududlar yodgorliklari, Sopolli madaniyati va bosqichlari, Sarazm, Zomonbobo, Suvyorgan,, Tozabog'yob va CHust madaniyatlari, xo'jalik shakllari, manzilgohlar tuzilishi, rejaviy xususiyatlari, fortifikatsiya, uy-joy qurilishi, diniy inshootlar, hunarmandchilik, san'at yodgorliklari.
  • O'rta Osiyo temir davrida: Temir davri umumiy tavsifi, xronologiya va davrlashtirish, hududlarining temir davri madaniyatlari, Xorazmning temir davri madaniyati, xo'jaligi xususiyatlari va ularning farqlari, manzilgohlar, fortifikatsiya, me'morchilik, moddiy madaniyat, san'at, O'rta Osiyoning ilk temir davri madaniyatining paydo bo'lishi muammolari.
  • O'rta Osiyo antik davrida: Antik davri umumiy xususiyatlari, xronologiya, tarixiy-madaniy viloyatlar, xo'jalik. O'rta Osiyoning antik davri shaharlari, uy-joy, saroy, diniy me'morchilik yodgorliklari, haykaltaroshlik va tasviriy san'at, hunarmandchilik. Meʼmorchilik va san'atda ellin, budda hamda mahalliy an'analarning namoyon bo'lish darajasi.
  • O'rta Osiyo ilk o'rta asrlar davrida: Ilk o'rta asrlar umumiy tavsifi, xronologiya, Ilk o'rta asrlar shaharlarining o'rganilishi muammolari, Saroy va uy-joy qurilishi, diniy inshootlar, haykaltaroshlik, tasviriy san'at, koroplastika, moddiy madaniyat yodgorliklari.
  • O'rta Osiyo rivojlangan va so'nggi o'rta asrlar davrida: Umumiy tavsif, shahar madaniyati, moddiy madaniyat yodgorliklari, monumental me'morchilik, diniy inshootlar, meʼmoriy bezaklar, kulolchilik, tasviriy san'at va miniatura.