Оила психологияси

Ushbu kitob oila psixologiyasi fanini o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, unda oilaning jamiyatdagi o'rni, oilaviy munosabatlar, oilaning turlari, oilaviy nizolar va ularning oldini olish, shuningdek, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalalari ko'rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Oila psixologiyasining umumiy asoslari: Oila psixologiyasi fanining predmeti, vazifalari, oilaning shaxs shakllanishidagi roli, oilaviy hayotga tayyorgarlik.
  • Oila xususida sharq mutafakkirlarining qarashlari: Sharq mutafakkirlarining oila, nikoh va oilaviy munosabatlar haqidagi fikrlari, qadimgi zamonlarda oilaviy munosabatlar evolutsiyasi.
  • Oila tasniflanishi: Hozirgi zamon oilalarining turlari, oilalarning tuzilishi, to'liqligi, bog'imlar soniga ko'ra tasniflanishi, oilaning asosiy vazifalari.
  • O'smirlik yoshidagi o'g'il va qizlarning o'ziga xos psixologik xususiyatlari: O'smirlik davrining xususiyatlari, o'smir psixologiyasi, jinsiy balog'atga etish, qarama-qarshi jinsga nisbatan munosabatlarning shakllanishi.
  • Muhabbat psixologiyasi: Muhabbat haqida donishmandlar va olimlarning fikrlari, sevgi turlari, muhabbat bosqichlari, muhabbat va yosh, muhabbat va mijoz.
  • Nikoholdi omillari xususiyatlari va ularning nikoh mustahkamligiga ta'siri: Nikohga etuklik, oila qurish motivlari, nikoholdi tanishuv muddati, yosh oilalarning yuzaga kelishida urf-odatlar va an'analarning o'rni.
  • Oilada shaxslararo munosabatlar va muloqot psixologiyasi: Oilada muloqot, muloqot madaniyati, muloqotdagi to'siqlar, oilaviy munosabatlar psixologiyasi, er-xotin munosabatlari dinamikasi.
  • Oila nizolar psixologiyasi. Ajralish, uning sabab va oqibatlari: Oila nizolarining turlari, sabablari, oqibatlari, nizolarni bartaraf etish usullari, ajralish va uning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari.
  • Reproduktiv salomatlikning ijtimoiy-psixologik jihatlari (sog'lom oilani rejalashtirish usullari): Kontratseptiv vositalar va ularning turlari, kontratseptiv madaniyatni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari.
  • OITS (SPID) va jinsiy yo'l bilan yuqadigan kasalliklarning ijtimoiy-psixologik muammolari va ularning yechimlari: OITS va jinsiy yo'l bilan yuqadigan kasalliklarning tarqalishi, ijtimoiy omillari, oilaga ta'siri, oldini olish choralari.
  • Oilaviy munosabatlarni o'rganishga oid psixodiagnostik testlar: Oila psixodiagnostikasi, oilaviy munosabatlarni o'rganish metodlari, nikoh oldi omillarini o'rganish metodlari.