Жаҳон иқтисодиёти ва ХИМ

Ushbu kitob "Jahon iqtisodiyoti va XIM" fanidan amaliy mashg'ulotlar ishlanmasi bo'lib, bo'lajak iqtisodchi-pedagoglarga jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar haqida chuqur bilimlar berish, shuningdek, ularning kelajakdagi ish faoliyatlarida amaliy ahamiyat kasb etuvchi iqtisodiy bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan. Ishlanma talabalar bilimiga qo'yiladigan talablarni, fanning boshqa fanlar bilan aloqasini, amaliy mashg'ulotlar tematikasini va har bir mavzu bo'yicha rejalarni o'z ichiga oladi.

Asosiy mavzular

  • Jahon xo'jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: Jahon xo'jaligining mohiyati, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ko'rinishlari, xalqaro tovar, xizmat va ishlab chiqarish omillari harakati, jahon bozorida tovar va xizmatlar harakatining xususiyatlari.
  • Xalqaro savdo nazariyalari: Xalqaro savdo nazariyalari, xalqaro tovar nomenklaturasi, xalqaro savdoning geografik va tovar tarkibidagi o'zgarishlar, xalqaro savdoda narx belgilash va tashqi savdo balansi.
  • Tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solish: Tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solish, tarifli va tarifsiz cheklashlar, bojxona bojlari va bojxona tariflari, erkin savdo va proteksionizm.
  • Tashqi savdoni davlatlararo tartibga solish: Davlat uchun proteksionizmning taktik va strategik oqibatlari, tashqi savdoni davlatlararo tartibga solishning mohiyati va ko'rinishlari, tovarlar va tariflar bo'yicha bosh kelishuvlar va uning xalqaro savdoni tartibga solishga ta'siri (GATT, UST), xalqaro tovar ayirboshlash bitimlari, himoyalash hujjatlarini berish uchun to'lov va badallar.
  • Xalqaro kapital migratsiyasi: Kapital olib chiqishning mohiyati va ko'rinishlari, to'g'ri va portfel investitsiyalar, kapital eksportining geografik tuzilmasi, investitsiyalarning mamlakat iqtisodiyotiga ta'siri va ahamiyati, xalqaro kredit, qarzodorlik inqirozi va uni bartaraf etish yo'llari, kapital eksporti nazariyalari.
  • Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari: Xalqaro valyutaviy hisob-kitob munosabatlari, milliy va xorijiy valyuta tushunchasi, valyutaning konvertirlanganligi, valyuta kursi va uning shakllanishiga ta'sir etuvchi omillar, valyuta bozorlari, to'lov va hisob-kitob balansi.
  • Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi: Jahon ishchi kuchi bozori, ishchi kuchi migratsiyasining mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishiga ta'siri, "aqlli kishilarning ketib qolishi" muammosining mohiyati, xalqaro ilmiy-texnikaviy va ilmiy hamkorlik.
  • Xalqaro iqtisodiy integratsiya: Jahon xo'jaligida integratsion jarayonlar, xalqaro integratsiyalarning dastlabki shart-sharoitlari, integratsiyaning asosiy ko'rinishlari, Yevropa Ittifoqi.
  • Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar: Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, ularning XIMda tutgan o'rni va ahamiyati, BMT doirasidagi iqtisodiy hamkorlik tashkilotlari, ba'zi hududiy iqtisodiy tashkilotlar.
  • Global muammolarning iqtisodiy jihatlari: Global muammolarning mohiyati va xususiyati, qurollanish va harbiy ishlab chiqarishni o'zgartirish, ekologik muammolar, oziq-ovqat muammosi, demografik muammolar.