Soliq va soliqqa tortish

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasida soliq tizimining nazariy va amaliy jihatlarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda soliqlar, ularning mohiyati, turlari, hisoblash tartibi va O'zbekiston soliq qonunchiligi asoslari batafsil yoritilgan. Kitob talabalarga, bu sohada bilim oluvchilarga soliq sohasidagi bilimlarni oshirishga yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • Soliq va soliqqa tortish: Soliq tizimining asoslari, soliqlar va ularning iqtisodiy mohiyati, soliqqa tortish prinsiplari va usullari
  • Soddalashtirilgan soliq tizimi: Yagona soliq to'lovi, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish, yagona yer solig'i
  • Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i: Soliqning mohiyati, soliq to'lovchilar, soliq ob'ekti va bazasi, soliq stavkalari va imtiyozlar, hisoblash va to'lash tartibi
  • Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'i: Soliq stavkalari, soliq bazasi, hisoblash va to'lash tartibi
  • Yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig'i: Soliq stavkalari, soliq bazasi, hisoblash va to'lash tartibi
  • Suv resurslari va yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq: Soliq stavkalari, soliq bazasi, hisoblash va to'lash tartibi
  • Davlat byudjetining soliqsiz daromadlari: Soliqsiz daromadlarning zarurligi va mohiyati, turkumlanishi