Статистика
Ushbu kitob "Statistika" faniga bag'ishlangan bo'lib, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning faoliyatini, buxgalteriya hisobini yuritish, har oyda balanslarni tuzish, yil yakunida moliyaviy natijalarni hisobga olish va yil oxirida natijalarga ko'ra sohalar bo'yicha iqtisodiy tahlilni amalga oshirish bilan bog'liq hisob-kitob ishlarini yo'lga qo'yish va ularni talabalarga nazariy hamda amaliy jihatdan o'rgatadi.
Asosiy mavzular
- Statistika fanining predmeti, metodi va asosiy vazifalari: Statistika so'zining ma'nosi, statistikaning vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari, O'zbekistonda statistika fanining rivojlanishi, statistika predmeti haqida tushuncha, statistika tushunchalari (to'plam, birlik, belgi, variant, variatsiya), bozor munosabatlarining rivojlanishi va statistika vazifalari.
- Aholi va mehnat resurslari statistikasi: Aholini statistik o'rganish, aholi soni va joylashuvi, aholi tarkibi, aholini istiqboldagi sonini aniqlash, bandlik va ishsizlik statistikasi, mehnat resurslari harakati.
- Milliy boylik statistikasi: Milliy boylik haqida tushuncha, uning tarkibi, asosiy fondlarni baholash usullari, balanslar, fondlar holati va ko'rsatkichlar.
- Statistik kuzatish: Statistik kuzatish tushunchasi, dastur-metodologik masalalari, tashkiliy masalalari, turlari, shakillari, hisobotlar, kuzatish holatlari.
- Statistik kuzatish materiallarini svodkalash va guruhlash: Svodkalash mohiyati, bosqichlari, usullari. Guruhlash tushunchasi, turlari, vazifalari, belgilari, oraliqlar.
- Mahsulot tannarxi statistikasi: Mahsulot tannarxi, uning darajasi, tarkibi, dinamikasi, arzonlashtirish rezervlari.
- Statistik kuzatish obyektlari va usullari: Kuzatish obyekti, hodisa va jarayonlar to'plami, tsenz, uzluksiz kuzatish, bir yo'la kuzatish, joriy davr, bazis davr, tasodifiy, muntazam, reprezentativ xatolar.
- Mutloq va nisbiy miqdorlar: Mutloq miqdorlar haqida tushuncha, o'lchov birliklari. Nisbiy miqdorlar haqida tushuncha, mohiyati, ifodalash shakillari, turlari.
- Nisbiy miqdorlarning turlari va ularni hisoblash tartibi: Reja topshirig'i nisbiy miqdorlari, shartnoma bajarilishi nisbiy miqdori, dinamika nisbiy miqdori, tuzilmaviy nisbiy miqdor, koordinatsiya nisbiy miqdori, intensiv nisbiy miqdor, obyektlararo va hududiy taqqoslash nisbiy miqdori.
- O'rtacha miqdorlar va variatsiya ko'rsatkichlari: O'rtacha miqdorlarning mohiyati, ahamiyati, shartlar, turlari, hisoblash usullari, moda, mediana, variatsiya ko'rsatkichlari.
- Tanlanma kuzatish: Tanlanma kuzatish tushunchasi, sabablari, shartlari, bosh to'plam, tanlanma to'plam, xatolar, baholash.
- Dinamik qatorlar: Dinamika qatorlari haqida tushuncha, tuzish qoidalari, turlari, ko'rsatkichlar.
- Iqtisodiy indekslar: Iqtisodiy indekslar haqida tushuncha, mohiyati, vazifalari, ahamiyati, rivojlanish tarixi, turlari, shakillari, hisoblash usullari, hududiy indekslar.
- Statistik ma'lumotlarni jadval va grafiklarda tasvirlash: Statistik jadvallar, grafiklar, grafiklar turlari, diagrammalar, kartalar.