Mexanika va molekulyar fizika bo‘limlari

Mazkur kitob oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda "Mexanika, molekulyar fizika va termodinamika" bo'limi bo'yicha ma'ruzalar matnlari jamlangan.

Asosiy mavzular

  • Fizika fani haqida umumiy ma'lumot: Fizika fanining mohiyati, materiya, harakat, fizik qonunlar va hodisalar, fizik tadqiqot usullari, tajriba, kuzatish, eksperiment, gipoteza, fizik nazariya, fizik model, fizika va boshqa fanlar, fizika va texnika, fizik kattaliklar, asosiy va qoʻshimcha birliklar kabi tushunchalar haqida ma'lumot beriladi.
  • Moddiy nuqta kinematikasi: Mexanika haqida umumiy ma'lumot, klassik va kvant mexanikasi, kinematika va dinamika, asosiy fizik modellar (moddiy nuqta, moddiy nuqtalar sistemasi, absolyut qattiq jism, yaxlit muhit), mexanik harakat, ilgarilanma harakat kinematikasi, sanoq sistemasi, tezlik, tezlanish, normal va tangensial tezlanishlar, aylanma harakat kinematikasi, burchak tezlik, chiziqli tezlik, burchak tezlanish, hosila va integralning fizikaviy masalalarga tadbiqi kabi mavzular yoritiladi.
  • Moddiy nuqta dinamikasi: Dinamikaning asosiy vazifasi, inersial sanoq sistemasi tushunchasi, Nyutonning birinchi qonuni, massa va impuls, Nyutonning ikkinchi qonuni, kuch-impulsdan vaqt boʻyicha olingan birinchi tartibli hosila, Nyutonning uchinchi qonuni, Nyuton qonunlarini zamonaviy talqin etilishi, moddiy nuqta harakatini klassik usulda ifodalashning chegarasi, massa markazi, massa markazining harakati haqidagi teorema mavzulari haqida ma'lumotlar beriladi.
  • Noinersial sanoq tizimlaridagi harakat: Inersial sanoq tizimlari, noinersial tizimlar, Er sirti bilan bogʻlangan tizim, vagon bilan bogʻlangan tizim, aylanuvchi sanoq tizim, ogʻirlik kuchi, inersiya kuchi, elastiklik kuchi, markazdan qochma inersiya kuchi, Koriolis kuchi tushunchalari, ilgarilanma harakat qilayotgan noineriial tizimdagi inersiya kuchlari, aylanuvchi sanoq tizimidagi inersiya kuchlari kabi mavzulari yoritiladi.
  • Absolyut qattiq jismning aylanma harakat dinamikasi: Absolyut qattiq jism, tashqi kuchlar, chiziqli tezliklar, kinetik energiya, inersiya momenti, kuch momenti, burchak tezlanish, kuch impulsi, harakat miqdor momenti, qoʻzgʻalmas oʻq atrofida aylanayotgan qattiq jismning inersiya momenti va kinetik energiyasi, Shteyner tenglamasi, kuch momenti, impuls momenti va uning oʻzgarish qonuni kabi mavzulari haqida ma'lumot beriladi.
  • Mexanik ish, quvvat va energiya: Ish, mexanik ish, musbat va manfiy ish, quvvat, oʻlchov birliklari, energiya, kinetik energiya, tizimning holat funktsiyasi, yuqoriga koʻtarilgan jismning potensial energiyasi, deformatsialangan jismning potensial energiyasi, konservativ, nokonservativ va dissipativ kuchlar, fazo va vaqtning simmetriyaligi, energiya - sistemaning holat funktsiyasi sifatida, kabi mavzulari o'rganiladi.
  • Mexanikada saqlanish qonunlari: Mexanik tizim, impuls saqlanish qonuni, ichki kuchlar, tashqi kuchlar, oʻzgaruvchan massali jism, raketa, harakat miqdorini oʻzgarishi, reaktiv kuch, energiya, potensial energiya, impulsi saqlanish qonuni va yana bir qancha tushunchalar va qonuniyatlar haqida ma'lumot beriladi.
  • Saqlanish qonunlarining qo'llanilishi: Oʻzgaruvchan massali jismlarning harakati, reaktiv harakat, sharlarning elastik va noelastik urilishi, markaziy maydondagi harakat, Nyutonning butun olam tortishish qonuni, maydon kuchlanganligi, Kepler qonunlari, ilgarilanma harakat, vertikal tekislikda aylanma harakat dinamikasi, va yana bir qancha tushunchalar o'rganiladi.
  • Mexanikada nisbiylik prinsipi: Sanoq sistema, inersial sanoq sistema, nisbiylikning mexanik prinsipi, Galiley almashtirishlari, massa, uzunlik. vaqt, tezliklarni qo'shish, Eynshteyn postulatlari, Lorens almashtirishlari kabi mavzular ochib berilgan
  • Tezliklarni qo'shishning relyativistik qonuni: Tezliklarni qoʻshishning relyativistik qonuni, Xodisalar orasidagi interval, Moddiy nuqta relyativistik dinamikasining asosiy qonuni, Relyativistik massa va impuls, Energiya bilan massa orasidagi bogʻlanish, Bogʻlanish energiyasi, Klassik mexanikaning qoʻllanilish chegarasi mavzulari o'rganiladi
  • Yaxlit muhit mexanikasi elementlari: Suyuqlik xossalari, gaz xossalari, oqish, oqim, oqim chiziqlari, barqaror oqish, oqim nayi, harakat tenglamasi, uzulmaslik tenglamasi, ideal suyuqlik tenglamasi, Bernulli qonuni, Ichki ishqalanish kuchi, yopishqoqlik koeffitsienti, Nyuton formulasi kabi fizik hodisalar yoritilgan.
  • Gazlar molekulyar-kinetik nazariyasi: Molekulyar kinetik nazariya va uni tajribalarda tasdiqlanishi, tadqiqotning statistik va termodinamik usullari, makroskopik holatlar va parametrlar, ideal gaz qonunlari, molekulyar massa, Avogadro qonuni, klapeyron-Mendeleev tenglamasi kabi masalalar ochib berilgan
  • Taqsimot qonunlari: Molekulalarning tezliklari va energiyalari boʻyicha taqsimlanishiga oid Maksvell qonuni, Maksvell taqsimot qonunining Shtern tajribasida tasdiqlanishi, potensial maydondagi zarrachalar uchun Bolsman taqsimot qonuni va barometrik formula, gazlarda effuziya xodisasi tushuntirilgan.
  • Termodinamikaning I qonuni va uning tadbiqlari: Ideal gaz ichki energiyasi, Energiyani erkinlik daralari boʻyicha tekis taqsimlanishi, Gazning xajmini oʻzgarishida bajarilgan ish, Termodinamikaning 1-qonuni va uning izojarayonlarga tadbiqi, Ideal gazning solishtirma issiqlik sigʻimi, Adiabatik jarayon, Adiabata tenglamasi kabi masalalar yoritilgan
  • Termodinamikaning II qonuni: Qaytar, qaytmas va aylanma jarayonlar, Issiqlik dvigatellari va sovutgich mashinalar, Termodinamikaning II-qonuni, Ideal gaz uchun Karno sikli va uning f.i.k., Entropiya, Ideal gaz entropiyasi tushuntirilgan
  • Real gazlar: Molekulalararo taʼsir kuchlari va potensial energiyasi, Van-der-Vaals tenglamasi, Van-der-Vaals izotermalari va ularning tahlili, Eksperimental izotermalar, Real gazning ichki energiyasi, Joul -Tomson effekti mavzulari haqida ma'lumot berilgan.
  • Ko'chirilish hodisalari: Fizikaviy kinetika haqida tushuncha. Relaksatsiya vaqti, sochilishning effektiv kesimi, gazlarda koʻchirish xodisalari, gazlarda diffuziya, issiqlik oʻtkazuvchanlik, ichki ishqalanish (yopishqoqlik), suyuq va qattiq jismlarda diffuziya va issiqlik oʻtkazuvchanligi tushuntirilgan
  • Fazaviy oʻtishlar: Faza, fazaviy oʻtishlar. I-tur va II-tur fazaviy oʻtishlar, fazalarning muvozanatda boʻlish sharti, fazalar diagrammalari, uchlangan nuqta, Klapeyron-Klauzius tenglamasi mavzulari yoritilgan.