XIX asr oxiri — XX asr boshlarida boshlarida Hindiston
Ushbu texnologik xarita 9-sinf jahon tarixi darsida "XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Hindiston" mavzusini o'rganishga mo'ljallangan. Unda darsning maqsadi, vazifalari, o'quv jarayonining mazmuni, amalga oshirish texnologiyasi, kutiladigan natijalar, kelgusidagi rejalar, darsning blok-chizmasi, borishi (tashkiliy qism, jihozlanishi, metodlar), sinfni guruhlar bilan ishlashga tayyorlash, o'rganilgan mavzuni so'rab baholash, yangi dars mazmuni, mustahkamlash usullari, darsni yakunlash va baholash, uyga vazifa, hamda mavzuga oid matnlar va savol-topshiriqlar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Britaniya mustamlakachiligi sharoitida Hindiston: Sarmoyadorlikka asoslangan mahalliy ishlab chiqarish tizimi yuzaga kela boshladi. Yirik sanoat korxonalari qurishga kirishildi. Temiryo'llar qurildi. Hindiston boyliklarini arzon va oson olib chiqib ketish maqsad qilindi. Hindiston ingliz burjuaziyasining kapital kiritish zonasiga aylanib qoldi.
- Qishloq xo'jaligi: Agrotexnika madaniyati pastligicha qoldi. Ochilgan sug'orish inshootlari yetarli emas edi. Dehqonlar yuqori foiz evaziga yer ijaraga olardi. Inglizlar choy, kanop, paxta kabi serdaromad tarmoqlarga sarmoya kiritishdi. Qishloq xoʻjaligida monokultura vujudga keldi. Yer egalari, bank egalari, sudxo'rlar dehqonlarni qarzga botirib, ayanchli ahvolga solib qoʻydilar. Ochrchiliklar natijasida ko'p odam qirilib ketdi.
- Milliy ozodlik harakati: O'qotar qurollarni saqlamaslik haqida akt qabul qilindi. Mahalliy burjuaziyaga "qisman yon bosish siyosati" yuritildi. 1885-yilda Hindiston milliy kongressi (HMK) tuzildi. Ayni paytda, "Musulmonlar ligasi" ham tashkil topdi. Inglizlar hind-musulmon raqobatini yanada kuchaytirdi.
- Hindiston Milliy Kongressining faoliyati: HMK tarkibiga yirik savdo-sanoat kapitali vakillari, liberal pomeshiklar hamda milliy ziyolilar kirdi. Kongress Britaniya hukmronligini saqlab qolgan holda ba'zi islohotlar oʻtkazishni ko'zda tutardi. Radikal oqim shakllandi. Bal Gangadxara Tilak xalqning milliy ongini uyg'otishga katta hissa qo'shdi. Tilak tarafdorlari ommani mustamlakachilarga qarshi nafrat ruhida tarbiyalashardi.
- Bengaliyaning bo'linishi va uning oqibatlari: Ingliz mustamlakachilari 1905-yilda Bengaliyani ikki qismga boʻlib tashlashdi. Hindistonda milliy-ozodlik harakati kuchaydi. 1906-yil dekabrda "sol" radikal oqim talabi bilan Hindiston milliy kongressi qoʻshimcha qaror qabul qildi: „Svaraj“ , „Svadeshi“ , „Ingliz mollariga boykot“. Tilak nafaqat ingliz mollaridan, balki ingliz boshqaruvidan ham voz kechishga chaqirdi. Ingliz ma'murlari „Qonunga xilof majlislar va matbuot haqida taqiqlovchi qonunlar chiqardilar.