Тиббий фанлар асослари

Ushbu kitob "Tibbiy fanlar asoslari" fanining ishchi o'quv dasturi hisoblanadi. Unda fanining maqsad va vazifalari, talabalarning bilim, ko'nikma va malakalariga qo'yiladigan talablar, fanining o'quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog'liqligi, o'quv materiallari, baholash tartibi va mezonlari, adabiyotlar ro'yxati keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Umumiy nozologiya: Umumiy nozologiyaning asosiy tushunchalari, hujayra shikastlanishining sabablari, qaytar va qaytmas morfologiyasi, hujayra distrofyasi, kasalliklar kelib chiqishining sabablari, shart-sharoitlari, organizmning reaktivlik xossalari, kasallikning rivojlanish oqibatlari, to'qima va a'zolar alteratsiyasi, distrofyalar, a'zo va sistemada kechadigan buzilishlarning ko'rinishlari, patologik jarayonlarni o'rganishda eksperimental usulning ahamiyati, Respublikamizda sog'liqni saqlash va profilaktika ishlarini rivojlantirishda umumiy patologiyaning ahamiyati, tibbiy fanlar asoslari masalalarini materialistik nazariy asosida analiz qilinishi.
  • Alteratsiya: Hujayra alteratsiyasi haqida tushuncha. Hujayra shikastlanishi mexanizmlarining sabablari (mexanik, kimyoviy, biologik, fizikaviy, gipoksiya, dori preparatlari, immun reaksiyalari, genetik buzilishlar, ovqatlanishning buzilishi, qarish). R.Virxovning (1855) hujayra patologiyasi nuqtai nazardan hujayra me'yoriy va patologik holatlarda birlamchi hayot elementidir. Bu element ichidagi substansiyalari fizik va kimyoviy qoidalarga muvofiq bir – biriga ta'sir ko'rsatadi. Hujayra organellalari – hujayra yadrosi, yadrochasi, metoxondriyalar, ribosomalar, Golji apparati, donador va silliq endoplazmatik turi, lizosomalar bir – biri bilan mahkam bog'langan. Shu munosabat bilan ulardan biortasining zararlanishi, shikastlanishi butun hujayraning zararlanishiga olib keladi. Hujayra alteratsiyasi - hujayra tuzilishining buzilishi, bunday hodisa molekulyar, submikroskopik va mikroskopik doirada yuz berishi mumkin. Bunday hodisa pirovard natijada hujayra faoliyatining izdan chiqishiga, patologik jarayon boshlanib, kasallik paydo bo'lishiga olib keladi.
  • Adaptatsiya va kompensator jarayonlar: Gipertrofiya, giperplaziya, turlari, atrofiya, metaplazma, displaziya. Hujayra o'zining atrofidagi mikrodunyosida bo'ladigan o'zgarishlariga tinmay moslashib boradi. Shu munosabat bilan u o'zining tuzilishi va funksiyalari muqom o'zgarib turmaydigan bo'lsa yashay olmaydi. Adaptatsion va kompensator jarayonlarga gipertrofiya, giperplaziya, atrofiya, metaplaziya, displaziyalar kiradi. Gipertrofiya hujayra o'lchashlarining kattalashuvidir. Atrofiya hujayra substansiyasi yo'qolib ketishi tufayli hujayra o'lchashlarining kichrayib qolishidir.
  • Irsi kasalliklar: Etilologiyasi, dominant va resessiv tarzda nasldan o'tadigan kasalliklar, xramosoma kasalliklari, irsi kasalliklar profilaktikasi. Ko'payish turlari va emriologiya asoslari haqida tushuncha. Irsi kasalliklari: poligen, monogen va xromosommal. Irsi kasalliklarga xromosomal va gen mutatsiyalarida kechuvchi kasalliklar kiradi. Irsiatni material tashuvchisi DNK ekanligi ma'lum bo'lgach irsi kasalliklarni rivojlanishida mutatsiyaning ahamiyati aniq bo'ldi. Irsiatning birligi gen bo'lib ular yordamida hujayradan hujayraga irsi informatsiyalar o'tkaziladi.
  • Yallig'lanish: Etilologiyasi, patogenezi, o'tkir va surunkali yallig'lanish turlari. Tirik jon borki, unga xos xususiyatlarning biri u yoki bu turdagi ta'sirotga javoban tegishli reaksiy ko'rsatishdir. Bu reaksiyalar nihoyat darajada xilma xil bo'lib, ularning turi ta'sirotning tabiatiga, tirik jonvotning tuzilish xususiyati va ayrim to'qimalarning xususiyatlariga bog'liqdir. Yallig'lanish to'g'risida tushuncha etilologiyasi, patogenezi. Yallig'lanish belgilari, turlari yallig'lanish rivojlanishida limfa fagotsitar tizimlar ahamiyati. Yallig'lanish mediatorlari.
  • O'smalar: Etilologiyasi, atipizm haqida tushuncha, havfli va havfsiz o'smalar, o'smalar klassifikasining gistologik belgilari. O'smalar, etilologiyasi, patogenezi. O'smalarning tuzilishi. Havfsiz va havfli o'smalarning o'ziga xos xususiyatlar. O'smalar o'sishi. O'smalar o'sishining biologik xususiyati. O'smalar o'sishi haqida tushuncha. Havfsiz va havfli o'smalarni taqqoslash.
  • Immuno patologik jarayonlar: Transplantantni itarish reaksiyasi, autoimmun kasalliklar, immuno difitsit holatlar, OITS. Odam organizmida antigen deb ataluvchi yod moddalar vujudga tushishiga qarshi aniq shakllangan himoya tizimi bor.Bu tizimga bir qancha tabiy to'siqlar kiradi; 1chi to'siq (baryer) teri, shilliq qavat, qo'shuvchi to'qima, qator a'zolar(taloq, limfatik tugunlar, jigar) manotsitar-makrofagal tizim.
  • Yuqumli infeksion kasalliklar: Etilologiyasi va patogenezi. Viruslar qo'zg'atadigan kasalliklar: gripp, paragripp, adenoviruslar, respirator, difteriya, qizamiq. Bakteriyalar qo'zg'atadigan kasalliklar: qorin tifi, sal'monellyoz, dizenteriya. Odam vujudiga patogen faktorlarning kirishi natijasida kelib chiqqan kasalliklar katta guruhni tashkil etadi, Viruslar, bakteriyalar, zamburug'lar keltirib chiqaruvchi kasalliklarni infeksion kasalliklar deb atalsa, sodda xayvonlar, gijjjalar keltirib chiqaruvchi kasalliklarga invaziv eki parazital kasalliklar deb ataladi.
  • O'ta havfli infeksion kasalliklar: Vabo, toun, kuydirgi, zahm, patogen zamburug'lar qo'zg'atadigan kasalliklar, sodda xayvonlar qo'zg'atadigan kasalliklar. O'ta havfli infeksion kasalliklar: vabo, toun, kuydirgi, sil, zaxmmi etilologiyasi, patogenezi, belgilari, oqibatlari. Patogen zamburug'lar qo'zg'atadigan kasalliklar mikozlar deb ataladi.
  • Yurak qon-tomir tizimi: Yurakning ishemik kasalligi, miokard infarkti, yurak paroklari, gipertoniya kasalligi, ateroskleroz. Yurak qon tomir kasalliklari orasida eng ko'p o'limga olib kelayotganlari, bu yurakning ishemik kasalligi, u esa o'z ichiga birinchi navbatda, yurak huruji, stenokardiya, miokardning infarktini oladi. Yurak qon tomir tizimi xastaliklarining o'limga olib keluvchi boshqa kasalliklariga: yurakning revmatik shikastlanishi, gipertoniya kasalligi, yurakning tug'ma va orttirilgan paroklari va boshqalar kiradi.
  • Asab tizimi kasalliklari: Serebrovaskulyar kasalliklar, ishemik entsefalopatiya, bosh miyaga qon quyilishi, meningit, entsefalit, asab tizimining degenerativ kasalliklari, al'geymer kasalligi, parkirsonizm. Bosh va orqa miya turli bo'limlarining o'ziga xos tuzilishi, asab tizimi kasalliklarining turli tumanligiga asos soladi. Asab tizimi patologiyasi, vistseral a'zolar patologiyasidan qator hususiyatlari bilan farq qiladi. Asab tizimi kasalliklari ichida serebrovaskulyar kasalliklar aholining nogiron bo'lib qolishiga va o'limiga olib keluvchi asosiy sabablardan biridir.