Тизимлар тўғрисида умумий назария

Ushbu uslubiy qo'llanma "Boshqarishni tashkil etish nazariyasi" fanidan amaliy va seminar mashg'ulotlarini o'tish uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada boshqarish nazariyasining predmeti, vazifalari, korxonaning mohiyati va ahamiyati, ishlab chiqarishni tashkil etish, mehnatni tashkil etish va rivojlantirish strategiyalari yoritilgan. Korxona faoliyati bilan bog'liq nazariy va uslubiy masalalarga alohida e'tibor qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Tizimlar to'g'risida umumiy nazariya: Tizim tushunchasi, uning elementlari, turlari (tabiiy va sun'iy), tashkiliy tizimlar va ularning xususiyatlari, tizimli yondashuv.
  • Bozor iqtisodiyoti boshqarishining asoslari, prinsiplari, qonun va qonuniyatlari: Bozor iqtisodiyoti, qonunlar va qonuniyatlar, boshqaruv prinsiplari, menejment tushunchasi.
  • Boshqaruv jarayoni texnologiyasini ishlab chiqish asoslari: Boshqaruv jarayoni, boshqaruv masalalari, operatsiyalari va protseduralari, ularning texnologik tsikli.
  • Boshqaruv apparati va uning tashkiliy tuzilmalari: Ishlab chiqarish jarayoni, mehnat jarayoni elementlari, boshqaruv apparatining tashkiliy tuzilmalari.
  • Korxona (birlashmalar)ning boshqaruvini tashkil qilish va ularning tarkibi: Korxona tushunchasi, uning belgilari, boshqaruv tuzilishi, vertikal va gorizontal aloqalar.
  • Boshqaruv vazifalari: Boshqaruvning asosiy vazifalari: rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat.
  • Boshqaruvning asosiy qoidalari va usullari: Boshqaruv qoidalari, iqtisodiy, tashkiliy-ma'muriy va ijtimoiy-ruhiy usullar, nizolar.
  • Boshqaruv uslubining shakllanishi: Boshqaruv uslublari: avtokratik, demokratik, liberal, byurokratik.
  • Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish menejmenti: Ishlab chiqarish menejmentining asosiy tushunchalari, nazariyasi va vazifalari.
  • Rahbar shaxs xususiyatining asoschisi: Rahbarning roli, turlari (avtokratik, anarxik, demokratik), tashkilotchilik qobiliyati.
  • Boshqaruv tizimini axborot bilan ta'minlash: Axborot turlari, axborot oqimi, kommunikatsiya.
  • Xodimlar boshqaruvi: Kadrlar siyosati, kadrlar bilan ishlash, attestatsiya.