Hayotiy faoliyat xavfsizligi

Ushbu kitob hayot faoliyati xavfsizligi fanidan ma'ruzalar matni bo'lib, unda agrokimyo va agrotuproqshunoslik yo'nalishi talabalari uchun zarur bo'lgan bilimlar umumlashtirilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish. Hayotiy faoliyat xavfsizligining nazariy asoslari: Fanning mohiyati, ahamiyati, tarkibi, ta'minlash asoslari va usullari.
  • Mehnat muhofazasi: Mehnatni muhofaza qilishda tashkiliy va huquqiy masalalar, O`zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasini nazorat qiluvchi tashkilotlar, jarohat va kasbiy kasalliklar, mehnat xavfsizligi standartlari majmuasi.
  • Sanoat korxonalarida mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi: Ishlab chiqarish muhitining ob-havo sharoiti, mikroiqlim gigienik me'yorlari, titrashdan va shovqindan saqlanish.
  • Zaharli moddalar va ulardan himoyalanish choralari: Zaharli moddalardan himoyalanishga bo`lgan talablar, Pestitsidlar va mineral o`g`itlarni saqlash, tarqatish va tashish, urug`larni dorilash.
  • Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishida texnika xavfsizligi: Ishlab chiqarish jarayonlariga qo`yiladigan xavfsizlik talablari, O`simlikshunoslikda mexanizatsiyalashtirilgan ishlarni bajarishda mehnat xavfsizligi, Xavfsizlikni ta'minlovchi texnik vositalar, Signalizatsiya.
  • Paxtachilikda mexanizatsiyalashgan dala ishlarini bajarishda mehnat xavfsizligi: Mehnat xavfsizligi asoslari, paxtachilik kompleksidagi traktorlar konstruktsiyasiga qo`yiladigan xavfsizlik talablari, tuproqqa ishlov beradigan va organik o`g`itlar soladigan mashinalarda xavfsizlik choralari, qishloq xo`jaligi texnikasini ta'mirlashda xavfsizlik chora-tadbirlari.
  • Elektrxavfsizlik: Elektr tokining odam va hayvonlarga ta'siri, elektr tokidan jarohatlanish sabablari va uning oldini olish, elektr toki ta'siri tufayli kelib chiqadigan jarohatlanishdan himoyalanish tadbirlari, statik elektr toki va undan himoyalanish.
  • Yong`in xavfsizligi: Yong`inga qarshi ishlarni tashkil qilish, korxona, muassasa va tashkilotlarda yong'in xavfsizligini ta'minlash ishini tashkil qilish, yong`inga qarshi kurash choralari, dastlabki avtomatik o`t o`chirish choralari.
  • Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi: Fuqaro muhofazasi haqida umumiy tushuncha, favqulodda vaziyatlar, uning sababchi omillari va xususiyatlari, favqulodda vaziyatning tavsifi, fuqaro muhofazasining vazifalari.
  • Favqulodda vaziyat sharoitida aholini himoyalash: Xavfsizlikni ta'minlash tamoyillari, favqulodda vaziyatlar va ularning oqibatlarini oldindan aytish va bashorat, FVlarda HFXni ta'minlash bo`yicha tadbirlarni rejalashtirish.
  • Kimyoviy va radiatsion xavfli holatlarni baholash: Kimyoviy xavfli inshootlar, radiatsiyaviy xavfli inshootlar, O`zbekiston Respublikasida faoliyat ko`rsatadigan kimyoviy va radiatsiyaviy xavfli inshootlar.