Bank ishi

Ushbu o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Toshkent Moliya institutida o'qitiladigan "Bank ishi" faniga bag'ishlangan. Qo'llanmada bank tizimi, bank ishining predmeti, obyekti, bank faoliyatidagi tavakkalchilik, kredit siyosati, investitsion funksiyalar va bank menejmenti kabi masalalar oddiy tilda savol-javob shaklida yoritilgan. Qo'llanma "Bank ishi" va uning nazariy asoslari hisoblangan "Pul, kredit va banklar” fanlari dasturlari asosida tayyorlangan bo'lib, bank ishiga taalluqli savollar, tayanch iboralar, test savollari va masalalar to'plamini o'z ichiga oladi. Qo'llanma oliy va oʻrta maxsus ta'lim tizimi talabalari, bank xodimlari va biznes maktablari uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Bank ishi – mustaqil fan: Bank ishi fanining predmeti va obyekti, banklarning huquqiy asoslari, tashkil etish va tugatish tartibi, faoliyatini tartibga solish, huquq va majburiyatlari, vasiylik qilish tartibi, moliyaviy ahvoli, operatsiyalarni amalga oshirish tartiblari, pul tizimi, valutani tartibga solish, banklarni nazorat qilish, hisob yuritish va hisobot, bank menejmenti, bankning rivojlanish tarixi kabi masalalarni oʻrganish
  • Bank va uning turlari: Banklarning vakolatiga, operatsiyalarni bajarish xarakteriga, mulk shakliga, faoliyat miqyosiga, xizmat qilish sohasiga, shoʻbalar soniga qarab turlanishi
  • Bankning vazifalari: Banklarning omonatlarga mablag'larni jalb qilish va kreditlar berish, tashqi iqtisodiy faoliyat, kichik va oʻrta tadbirkorlikni kredit bilan ta'minlash, trast xizmatlari, faktoring xizmatlarni amalga oshirish, moliyaviy lizingni bajarish, iste'mol kreditini berish, moliyaviy maslahat va axborot xizmatlarini bajarish kabi xizmatlari
  • Bank faoliyatini tashkil qilish va bank tarkibi: Banklarning bajaradigan vazifalari va koʻrsatadigan xizmatlari hajmiga, ustav kapitalining hajmiga va ixtisoslashuviga bog'liqligi, kichik, oʻrta va yirik banklarning xususiyatlari, bank xoldingining ikki turi, yangi bank ochish uchun talablar
  • Bank ishi va uning davlat tomonidan muvofiqlashtirilishi: Bank faoliyatini davlat tomonidan muvofiqlashtirib turish zaruriyati, banklarning mablag'lari ishonchli saqlanishi, taftishlar natijasida noqonuniy sarf qilinishini oldini olish, omonatchilar qoʻyilmalarini himoya qilish, arzon narxdagi depozitlarni kreditlarga yo'naltirish
  • Bank tizimini isloh qilish: Bank tizimini isloh qilishning dastlabki bosqichida qabul qilingan «Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni bozor sharoitlariga mos banklar institutini vujudga keltirishning asosiy yo'nalishlarini belgilab berganligi, SSSR davlat bankining hududiy bo'limi Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy bankiga aylantirilganligi, ikki pogʻonali bank tizimi vujudga keltirilganligi
  • Germaniya bank tizimi: Bundes bank va 11 zamin markaziy banki, kreditlar boʻyicha banklar, aholiga xizmat ko'rsatuvchi banklar, maxsus banklar, yirik banklar va ularning bo'limlari, mintaqaviy banklar, xususiy banklar, xorijiy banklar, jamg'arma gʻaznalar, tarmoq banklari, uy-joy qurilish boʻyicha jamg'arma
  • Sobiq Ittifoq bank tizimi: Ittifoq Davlat banki, Ittifoq Qurilish banki, Ittifoq tashqi savdo banki
  • Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimi: Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, uning markaziy apparati va viloyatlari bo'yicha Markaziy bank bosh boshqarmalari, tijorat banklari, ularning shoʻbalari, chet el banklari shoʻbalari
  • Bank vakolatiga qarab: O'zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida»gi qonunida bankka quyidagicha ta'rif berilgan.<<Bank – tijorat tashkiloti boʻlib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuyini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir:yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish; qabul qilingan mablag'lardan tavakkal qilib kredit berish; investitsiyalash uchun foydalanish;toʻlovlarni amalga oshirish.