Arxeologiya
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Arxeologiya» fanining bakalavriat yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan ma'ruza matnlarini o'z ichiga oladi. Unda arxeologiya fanining predmeti, vazifalari, O'rta Osiyo arxeologiyasining rivojlanish bosqichlari, qadimgi tosh davridan to rivojlangan o'rta asrlargacha bo'lgan davr arxeologiyasi yoritilgan.
Asosiy mavzular
- O'rta Osiyo paleolit davrida: Paleolit davrining xronologiyasi, O'rta Osiyo hududidagi makonlarning o'rganilishi, tosh qurollariga ishlov berish texnikasi, paleoantropologik topilmalar va xo'jalik
- O'rta Osiyo mezolit davrida: Mezolit davrining tavsifi, davrlashtirish, mezolit madaniyati va Sharqiy Kaspiy bo'yi, Ustyurt, Farg'ona, Toshkent, Surxondaryo, Sharqiy Pomir, Vaxsh, Kofirnixon va Panj vohalari hududlari variantlariga bo'linishi. Xo'jalik va moddiy madaniyat
- O'rta Osiyo neolit davrida: Neolit davrining tavsifi, ishlab chiqaruvchi xo'jalik shaklining shakllanishi, Joytun madaniyati, Kaltaminor doirasidagi madaniyatlar, Sazag'on madaniyati, Hisor madaniy-tarixiy birligi, moddiy madaniyat va xo'jaligi.
- O'rta Osiyo eneolit davrida: Eneolit davri xronologiyasi va tavsifi, ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar, sug'orish, eneolit davri yodgorliklarining o'rganilish darajasi, Anov IA, Nomozgoh I, Nomozgoh II, III, manzilgohlar, Janubiy Turkmaniston eneolit davri komplekslarining vujudga kelishi, Sarazm madaniyati
- O'rta Osiyo bronza davrida: Bronza davri umumiy xususiyatlari, xronologiya, davrlashtirish, Kopetdogʻ oldi, Murgʻob vohasi hududlari yodgorliklari, Sopolli madaniyati, Sarazm, Zomonbobo, Suvyorgan, Tozabogʻyob va Chust madaniyatlari, rejali tuzilishi, uy-joy qurilishi, diniy inshootlar, hunarmandchilik.
- O'rta Osiyo temir davrida: Temir davri xronologiyasi, davrlashtirish, Oʻrta Osiyoning janubiy va shimoliy hududlarining temir davri madaniyatlari, Xorazmning temir davri madaniyati, manzilgohlar, fortifikatsiya, meʼmorchilik, sanʼat, rangdor sopol madaniyati muammolari
- O'rta Osiyo antik davrida: Antik davrning xususiyatlari, xronologiyasi, tarixiy-madaniy viloyatlar, xo'jalik, shaharlar, uy-joy, saroy, diniy meʼmorchilik yodgorliklari, haykaltaroshlik, zargarlik
- O'rta Osiyo ilk o'rta asrlar davrida: Ilk oʻrta asrlar xronologiyasi, shaharlarning oʻrganilishi muammolari, saroy va uy-joy qurilishi, haykaltaroshlik, tasviriy sanʼat, koroplastika, kulolchilik, badiiy metall
- O'rta Osiyo rivojlangan va so'nggi o'rta asrlar davrida: Shahar madaniyati, moddiy madaniyat yodgorliklari, monumental meʼmorchilik, diniy inshootlar, kulolchilik, tasviriy sanʼat