Эстетика

Ushbu kitob O'rta maxsus ta'lim tizimidagi "Estetika" kursini zamonaviy talablar asosida o'qitishga qaratilgan. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun mo'ljallangan bo'lib, o'quvchilarga estetika tarixi va nazariyasidan, san'at turlari, texnika estetikasi, tabiat estetikasi va turmush estetikasi bilan yetarli bilim berishga hamda ularning estetik didini yuksaltirishga yordam beradi. Kitobda seminar va amaliy mashg'ulotlarga keng o'rin berilgan.

Asosiy mavzular

  • Estetikaga kirish: Estetika fanining predmeti, tadqiqot doirasi va vazifalari, nafosatning mohiyatini o'rganuvchi qadimiy falsafiy fan ekanligi haqida ma'lumot beradi.
  • Estetik tafakkur taraqqiyotining asosiy bosqichlari: Qadimgi dunyo estetikasidan boshlab, o'rta asrlar mutafakkirlarining estetik ta'limotlari, yangi davr estetikasidagi asosiy oqimlar va yo'nalishlar, Turkiston ma'rifatchi-jadidlarining estetik qarashlari haqida malumot beradi.
  • Estetika nazariyasi: Estetik ong va estetik faoliyat, estetikaning asosiy tushunchalari (g'ozallik, ulug'vorlik, fojiaviylik, kulgililik) kabi mavzularni o'z ichiga oladi.
  • Amaliy estetika: San'at estetikasi, tabiat estetikasi, texnika estetikasi, turmush estetikasi, sport estetikasi va estetik tarbiya masalalari ko'rib chiqiladi.