Ҳозирги замон асосий ҳуқуқий тизимлари

Ushbu kitobda zamonaviy dunyodagi asosiy huquqiy tizimlar, ularning kelib chiqishi, rivojlanishi, tuzilishi, manbalari va o'ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Kitobda roman-german, umumiy (anglo-sakson), skandinaviya, lotin amerikalik, uzoq sharq, diniy-an'anaviy va aralash huquq oilalari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining huquqiy tizimi ham batafsil yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Hozirgi zamon asosiy huquqiy tizimlarining predmeti va uslublari: Qiyosiy huquqshunoslikning vujudga kelishi, fanining maqsadi, vazifalari, predmeti, asosiy funksiyalari, metodlari va bo'lg'usi huquqshunoslarni tayyorlashdagi ahamiyati.
  • Hozirgi zamon asosiy huquqiy tizimlari va oilalari: Huquqiy tizim tushunchasi, uning xususiyatlari, elementlari, turlari. Huquqiy tizimlarni tasniflash mezonlari, huquqiy oila tushunchasi va turlari. Hozirgi zamon dunyo huquqiy xaritasi.
  • Roman-german (kontinental) huquq oilasi: Roman-german huquq oilasining shakllanishi, rivojlanishi, tarqalish geografiyasi va tuzilishi. Manbalari va xususiyatlari. GFR va Fransiyaning huquqiy tizimlari.
  • Umumiy (anglo-sakson) huquq oilasi: Umumiy huquqning vujudga kelishi, rivojlanishi, xususiyatlari va manbalari. AQSh, Kanada, Avstraliya va umumiy huquq amalda bo'lgan mamlakatlar huquqiy tizimlarining o'ziga xos xususiyatlari.
  • Skandinaviya mamlakatlarining huquqiy tizimlari: Skandinaviya huquqining kelib chiqishi, shakllanishi, xususiyatlari va resepsiya. Shvetsiya va Daniya davlatlarining huquqiy tizimlari.
  • Lotin Amerikasi mamlakatlarining huquqiy tizimlari: Lotin Amerikasi mamlakatlarida huquqiy tizimlarining shakllanishi, xususiyatlari va huquq manbalari. Argentina va Braziliya davlatlarining huquqiy tizimlari.
  • Uzoq Sharq mamlakatlarining huquqiy tizimlari: Uzoq Sharq mamlakatlari huquqiy tizimlarining shakllanishi, xususiyatlari va huquqning manbalari. Yaponiya va Koreya Respublikasining huquqiy tizimlari.
  • Diniy-an'anaviy huquq oilasi: Diniy-an'anaviy huquq oilasining kelib chiqishi, shakllanishi va xususiyatlari. Islom, Hind va Afrika huquqining manbalari.
  • Aralash huquqiy tizimlar: Aralash huquqiy tizimlar tushunchasi va ularning умумий tavsifi. Isroil davlatining huquqiy tizimi. Janubiy Afrika Respublikasi huquqiy tizimining oʻziga xos xususiyati va huquq manbalari.
  • O'zbekiston Respublikasining huquqiy tizimi: O'zbekiston Respublikasi huquqiy tizimining tavsifi, oʻziga xos xususiyatlari va huquqning manbalari. Roman-german huquqi va xalqaro huquqning oʻzaro munosabati.