Ахборот технологиялари
Ushbu kitob "Axborot texnologiyalari" fanidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun mo'ljallangan o'quv dasturidir. Dastur o'rta maxsus ma'lumotli mutaxassislar uchun axborot texnologiyalari bo'yicha zarur bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan. Kitobda axborot texnologiyalari, axborot tizimlari, ma'lumotlar ombori, fayllarni arxivlash, kompyuter viruslaridan himoya, axborot xavfsizligi, kompyuterlarga xizmat ko'rsatish, modellashtirish asoslari va kompyuter tarmoqlari kabi mavzular yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Axborot texnologiyalari, ularning jamiyatdagi o'rni va ahamiyati: Axborot texnologiyalari haqida tushuncha, ularning jamiyatdagi o'rni, axborot uzatish usullari va vositalari, ta'limda axborot texnologiyalari.
- Axborot tizimlari va ulardan foydalanish: Axborot tizimlari haqida tushuncha, ma'lumotlarni tartiblash, axborotlarni avtomatlashtirilgan holda izlash, bilmlar ombori, sun'iy intellekt, ekspert tizimlar.
- Ma'lumotlar ombori va uni boshqarish tizimlari: Ma'lumotlar turlari, ma'lumotlar ombori (MO) va uning turlari, MO imkoniyatlari, obyekt va kattalik, ma'lumotlar omborini boshqarish tizimlari (MOBT).
- Fayllarni arxivlash va kompyuter viruslaridan saqlanish: Ma'lumotlarni arxivlash, arxivlash dasturlari, fayllarni arxivlash va ochish, kompyuter viruslari va ulardan himoyalanish.
- Axborot xavfsizligi: Axborot xavfsizligi tushunchasi, axborotni himoya qilish usullari.
- Kompyuterlarga xizmat ko'rsatish: Qattiq diskka xizmat ko'rsatish, diskni optimallashtirish, CD disklar bilan ishlash.
- Model va modellashtirish asoslari: Boshqaruv tushunchasi, modellashtirish, matematik modellar, kompyuterli modellashtirish.
- Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari: Kompyuter tarmoqlari, lokal tarmoqlar, Internet, elektron pochta.
- O'zbekistonda kompyuter tarmoqlari: O'zbekistonda axborotlashtirish istiqbollari va muammolari.