Dаvrlаshtirish bоrаsidаgi tоrtishuvlаr
Ushbu kitob «Milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyoti» fani bo'yicha ma'ruzalar matnidir. Unda milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyotining o'ziga xosliklari, taraqqiyot bosqichlari, jadid adabiyoti va uning vakillari, shuningdek, bu davrda yaratilgan asarlarning tahlili yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish. XX asr o'zbek adabiyotini davrlashtirish: Kursning mohiyati, milliy uyg'onish jarayonining shakllanishi, davr adabiyotining taraqqiyot bosqichlari va mustaqillik davri adabiyotga munosabati.
- Ilk mustamlakachilik davri o'zbek adabiyoti: Adabiyotning yangilanishi, satira va yumorning vujudga kelishi, Qo'qon, Xiva va Buxoro adabiy muhitlari, adabiyot namoyondalari.
- Ishoqxon Ibrat hayoti va ijodi: Hayotiy va ijtimoiy-ijodiy faoliyati, ma'rifatparvar shoir, merosiy. Tarixiy asari. SHe'riyatda aks etgan ijtimoiy-siyosiy muammolar.
- Jadidchilik davri o'zbek adabiyoti: Jadidchilik harakatining vujudga kelishi, maorif, matbuot va teatr sohasidagi islohotlari, jadid adabiyotining paydo bo'lishi.
- Mahmudxo'ja Behbudiy ijodi: Behbudiyning tarjimayi holi, uning vafoti tafsilotlari, hayoti va faoliyati, badiiy merosi.
- Abdulla Avloniy hayoti va ijodi: Avloniyning tarjimayi holi, faoliyati, adabiy merosi, darsliklari, dramalari va «Turkiy Gulistonyohud ahloq» asari.
- Avloniy - dramaturg, pedagogik risolalari: Avloniy darsliklari, «Turkiy guliston yohud Axloq» asari, Avloniy dramalari haqida ma'lumotlar.
- Ijtimoiy-siyosiy va mafkuraviy kurashlar davri adabiyoti: Shu davrdagi ijtimoiy-siyosiy sharoit, Oktyabr to'ntarishi, proletariat mafkurasi, adabiyot jarayoni, bu davr adabiyotiga xos muammo va munozaralar.
- Muhammadsharif So'fizoda ijodi: So'fizoda tarjimai holi, she'riyatining o'ziga xosligi, asarlarida davrning dolzarb muammolari talqini.
- Usmon Nosir hayoti va ijodi: U.Nosirning tarjimai holi. Uning ilk ijodi. She'rlarining mavzu va obrazlari. Dostonchilikdagi mahorati va dramalari haqida ma'lumotlar.
- Fitrat hayoti va ijodi: Fitrat tarjimai holi. Uning adabiy merosi. U dramaturg sifatida xorijiy mavzuga qilgan sayohati va istiqlol dardi.