Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз

Ushbu kitob Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning nutq va maʼruzalaridan iborat. Kitobda jamiyatning maʼnaviy asoslari, iqtisodiy islohotlar va kelajak avlodga munosib taʼlim berish kabi mavzularga oid qarashlari aks etgan.

Asosiy mavzular

  • Barqaror taraqqiyotga erishish — ustuvor vazifa: Ushbu mavzuda iqtisodiy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, har bir bosqichning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, koʻzlangan marralarga erishish mexanizmlari haqida soʻz yuritiladi.
  • Biz kelajagimizni oʻz qoʻlimiz bilan quramiz: Ushbu mavzuda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni chuqurlashtirish, jamiyatni maʼnaviy yangilash borasidagi harakatlar, chet davlatlar bilan samarali hamkorlik, mamlakatning xalqaro nufuzi kabi masalalar koʻrib chiqiladi.
  • Qonunlarimiz dehqon manfaatiga xizmat qilsin: Ushbu mavzuda yer kodeksi, qishloq xoʻjaligi kooperativlari, fermer va dehqon xoʻjaliklari faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar muhokama qilinadi.
  • Yuksak maʼnaviyat — jamiyat taraqqiyotining asosi: Ushbu mavzuda maʼnaviyatning jamiyatdagi oʻrni, uning jamiyat aʼzolarining dunyoqarashi, tafakkuri va hayot tarziga taʼsiri, maʼnaviy qadriyatlarni asrab-avaylash masalalari haqida fikrlar yuritiladi.
  • Erkin iqtisodiy hayotning guldastasi, yaʼni tadbirkorlik: Ushbu mavzuda kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, xususiy mulkni himoya qilish masalalari oʻrin olgan.
  • Адолат — Ватан манфаати хар нарсадан улуг: Bu mavzuda adolat mezonlari, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kashshoqlikka qarshi kurash kabi masalalar haqida soʻz yuritiladi.
  • Xalq ishonchi - oliy mas'uliyat: Ushbu mavzuda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, shartnoma intizomi, istiqbolsiz korxonalarni tugatish, kichik va oʻrta biznesning roli kabi masalalar koʻtariladi.
  • Millat qudrati - hamjihatlikda: Ushbu mavzuda millat va elatlararo totuvlikni taʼminlash, milliy urf-odatlarni rivojlantirish, diniy ekstremizmga qarshi kurashish masalalari muhokama qilinadi.
  • O'zbekiston XXI asrga intilmoqda: Bu mavzuda iqtisodiy o'sishni ta'minlash, eksportni rivojlantirish, mehnat bozorini shakllantirish, ta'lim tizimini takomillashtirish kabi vazifalar haqida ma'lumotlar berilgan.