Arхitеkturaviy fizika
Ushbu kitob arxitektura yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, xonalarning harorat-namlik rejimini aniqlash, yoritilish darajasini o'lchash kabi tajribalarni o'tkazish uchun qo'llanma hisoblanadi. Kitobda tajribalarni o'tkazish tartibi, zarur asbob-uskunalar va hisoblash usullari keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Xona ichidagi havo harorati va namligini aniqlash: Havo muhitining harorat-namlik rejimini harakterlovchi asosiy kattaliklarni o'rganish, havoning harorati va namligini o'lchaydigan asboblar bilan tanishish, haroratni va havo muhitining namligini psixrometrik usul bilan aniqlash.
- Xona ichida havo harorati va namlikning taqsimlanishini o'rganish: Xonaning balandligi va eni bo'yicha har xil joylashgan nuqtalarda havoning harorati va namligini o'lchash, xonaning hajmi bo'yicha havoning nisbiy namligi va suv bug'lari elastikligining taqsimlanish harakterini o'rganish, xonaning balandligi va eni bo'yicha suv bug'lari elastikligi va haroratning o'zgarishini aniqlash.
- Xona ichida havo harorati, nisbiy namlik va atmosfera bosimi tebranishlarini qayd qilish: Xonada sodir bo'ladigan funktsional jarayonlarning havo muhitining harorat-namlik holatiga vaqt bo'yicha ta'sirini o'rganish, xonaning harorat-namlik rejimini uzluksiz nazorat qilishda qo'llaniladigan asboblar bilan tanishish.
- Himoya qurilmasi yuzasidagi haroratni o'lchash: Konstruktsiyalar yuzalaridagi haroratni o'lchashga mo'ljallangan asboblar bilan tanishish, tashqi himoya qurilmalarining ichki yuzalaridagi haroratni naturaviy sharoitlarda o'lchash, tashqi himoya qurilmalari har xil uchastkalari yuzalarida haroratning taqsimlanishni o'rganish.
- Himoya qurilmasi ichki yuzalarida shudring nuqtasini aniqlash: Himoya qurilmasi ichki yuzalarida shudring nuqtasini aniqlash uslubi bilan tanishish, himoya qurilmalarining ichki yuzalarida kondensat tushishi ehtimoli bo'lgan sharoitlarni o'rganish, himoya qurilmasi ichki yuzasining ayrim uchastkalarida kondensat tushishi ehtimoliga himoya qurilmasi konstruktsiyasining ta'sirini o'rganish.
- Xonaning yoritilganlik sharoitini aniqlash: Xonaning harakterli qirqimlari nuqtalarida asboblar yordamida t.yo.k. ini aniqlash, xonaning yoritilish darajasini t.yo.k. ining me'yoriy va haqiqiy qiymatlarini solishtirish yo'li bilan aniqlash, t.yo.k. ning o'lchash natijasida olingan qiymatlarini nazariy qiymatlari bilan solishtirish va bu qiymatlarning bir-biriga mos kelishi yoki mos kelmasligini analiz qilish.
- Derazaning geometrik parametrlari o`zgarishining xonada tabiiy yoritish koeffitsientining taqsimlanishiga va kattaligiga taʼsirini aniqlash: Asboblar yordamida deraza geometrik parametrlarini o`zgartirib xonaning harakterli qirqimi bo'yicha tabiiy yoritish koeffitsientining kattaligini aniqlash, derazaning geometrik parametrlarining o`zgarishida xonada tabiiy yoritish koeffitsientining taqsimlanishi grafikini qurish, xonada yoritilganlikning taqsimlanishiga derazalarning shakli va joylashishi qanday ta'sir etishini, ular o'rtasidagi bog`liqlik qonuniyatlarini talabalarga real sharoitlarda ko'rstaish.