Arxeologiya
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan Guliston davlat universiteti talabalari uchun "Arxeologiya" fanidan o'quv-uslubiy majmua sifatida tavsiya etilgan. Majmua arxeologiya fanining asosiy tushunchalari, davrlari, yodgorliklari va O'rta Osiyo hududidagi arxeologik topilmalarni o'rganishga bag'ishlangan. Kitob talabalarga fanni o'zlashtirishda yordam beradi va arxeologik tadqiqotlar olib borish ko'nikmalarini shakllantiradi.
Asosiy mavzular
- Arxeologiya fanining maqsadi va vazifalari: Arxeologiya fanining predmeti, vazifalari, tarixiy manbalarni o'rganishdagi ahamiyati, manbalar tasnifi, arxeologik madaniyat tushunchasi va arxeologik davrlashtirish masalalari ko'rib chiqiladi.
- Antropogen davri arxeologiyasi: Kaynazoy erasining bosqichlari, Antropogen davrining umumiy ta'rifi, odamzotning paydo bo'lishi va rivojlanishi, insoniyatning rivojlanish bosqichlari va arxeologik topilmalar, O'rta Osiyodagi antropogenez jarayoni yoritiladi.
- Arxeologiya fanining boshqa fanlar bilan bog'liqligi: Arxeologiyaning etnografiya, tabiiy fanlar, numizmatika, xronologiya, geraldika, epigrafika, sfragistika, metrologiya kabi fanlar bilan aloqalari o'rganiladi.
- Paleolit davri arxeologiyasi: Paleolit davrining bosqichlari, o'rganilish tarixi, asosiy yodgorliklari, O'rta Osiyo paleolit davri madaniyati xususiyatlari tahlil qilinadi.
- Mezolit davri: Mezolit davrining umumiy xususiyatlari, Markaziy Osiyoda mezolit davri yodgorliklari, qurollarning takomillashuvi, hayvonlarni xonakilashtirish va madaniyat rivojlanishidagi o'zgarishlar o'rganiladi.
- Neolit davri: Neolit davrining o'ziga xos xususiyatlari, yangi iqtisodiy shakllar taraqqiyoti, moddiy va madaniy yodgorliklar, O'rta Osiyo neolit davrining madaniyati (Joytun, Kaltaminor, Hisor) tavsiflanadi.
- Eneolit davri: Eneolit davrining umumiy ta'rifi, metallga ishlov berishning kashf etilishi, xo'jalik va ijtimoiy sohadagi o'zgarishlar, O'rta Osiyoda eneolit yodgorliklari o'rganiladi.
- Bronza davri: Bronza davrining umumiy tavsifi, qadimgi sivilizatsiyalarning shakllanishi, alohida qabilalar va madaniyatlar o'rtasida aloqalarning kengayishi, asosiy yodgorliklar va O'rta Osiyo bronza davri yodgorliklari ko'rib chiqiladi.
- Temir davri arxeologiyasi: Temir davrining umumiy tavsifi, moddiy madaniyatdagi o'zgarishlar, temir davriga mansub arxeologik yodgorliklar va O'rta Osiyo temir davri yodgorliklari tahlil qilinadi.
- Antik va o'rta asrlar arxeologiyasi: O'rta Osiyo tarixida antik davr, O'rta Osiyo davrida shakillangan madaniyatlarning madaniy va iqtisodiy aloqalari va O'rta asrlarning rivojlanishiga baxosi va Qadimiy yodgorliklariga umumiy tarif beriladi
- O'rta Sirdaryo havzasi arxeologiyasi: Mintaqaning geografik joylashuvi nuqtai nazardan qadimgi odamlar yashash tarixi, tosh asri va undan keyingi arxeologiya davri yodgorliklari ta'riflanadi.