Gulistondavlat universiteti
Ushbu kitob botanika faniga kirish, o‘simliklarning anatomiyasi, morfologiyasi, fiziologiyasi, sistematikasi va ekologiyasiga oid asosiy ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Unda o‘simlik hujayralarining tuzilishi, to‘qimalari, vegetativ organlari, ko‘payish usullari, yashash muhitiga moslashuvlari kabi masalalar batafsil yoritilgan. Kitob talabalarga botanika fanini o‘rganishda yordam beradi.
Asosiy mavzular
- Botanika faniga kirish: Botanika fanining rivojlanish tarixi, asosiy bo‘limlari, vazifalari va o‘rganish usullari bayon etiladi. O‘simliklar olamining xilma-xilligi, ahamiyati va biologik tizim sifatidagi o‘rni ko‘rsatilgan.
- Hujayra va uning tuzilishi: O‘simlik hujayrasining tuzilishi, organoidlari, funksiyalari, kimyoviy tarkibi va hayotiy faoliyati batafsil yoritiladi. Hujayra bo‘linish usullari (mitozi, amitozi, meyoz) va ularning ahamiyati tushuntiriladi.
- O‘simlik to‘qimalari: O‘simlik to‘qimalarining tasnifi, tuzilishi va funksiyalari, ularning o‘simlik organlaridagi joylashuvi ko‘rsatilgan. Meristema, qoplovchi, asosiy, mexanik va o‘tkazuvchi to‘qimalarning tuzilish xususiyatlari, vazifalari va ahamiyati tahlil etiladi.
- Vegetativ organlarning ichki tuzilishi: Poya, barg va ildizning anatomik tuzilishi, ularning o‘zgarishlari va funksiyalari batafsil bayon etiladi. O‘simliklarning turli muhit sharoitlariga moslashuvida organlarning ichki tuzilishining ahamiyati ko‘rsatilgan.
- Vegetativ a'zolar morfologiyasi: Urug'li o'simliklarning murtagi,novdaning umumiy morfologiyasi, barg va barg qismlari: asosi, bandi, yon barglari, ildiz va ildiz sistemasi haqida ma'lumotlar berilgan.
- Yashash sharoiti bilan aloqadorlik ta'mirida o'simliklarning tuzilishi: Suv, yorug'lik, tuproq muhitining xususiyatlari va o'simliklar hayoti uchun ta'siri, o'simliklarning turli muhit sharoitlariga moslashuvi (gidrofitlar, kserofitlar, mezofitlar va boshqalar) haqida ma'lumotlar berilgan.
- O'simliklarni ko'payishi: O'simliklarning vegetativ ko'payishi, jinssiz ko'payishi, yuksak o'simliklarni jinsiy ko'payishi, gul ta'rifi, gul qismlari, nasllar gallanishi,androsey- changchilarni tuzilishi, ginesey - urug'chining tuzilishi haqida ma'lumotlar berilgan.