Педогогика назарияси ва тарихи

Ushbu kitob pedagogika nazariyasi va tarixi fanining ma'ruza matnidir. Unda pedagogikaning asosiy tushunchalari, tamoyillari, metodlari va vositalari, ta'lim tizimi, shaxs rivojlanishi, tarbiya jarayoni, axloqiy, estetik, mehnat va iqtisodiy tarbiya kabi masalalar yoritilgan. Kitob oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Pedagoglik kasbining jamiyatda tutgan o`rni: Bu mavzuda kadrlar tayyorlash milliy dasturining yaratilishi, bosqichlari, pedagoglik kasbining jamiyatda tutgan o'rni haqida tushunchalar beriladi. Kadrlar tayyorlash tizimi, uning asosiy qismlari, demokratik jamiyatda pedagoglik kasbi va o'qituvchi shaxsiga qo'yiladigan talablar ko'rib chiqiladi. Shuningdek, milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich tahlil qilinadi hamda kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari yoritiladi.
  • Pedagogika fan sifatida. Pedagogikaning tadqiqot metodlari: Ushbu mavzu pedagogikaning ijtimoiy fan sifatidagi o'rni, asosiy kategoriya va tushunchalari, fanlar tizimi, ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlariga bag'ishlangan. Tarbiya nazariyasi, didaktika, shaxs tarbiyasi, ta'lim, bilim, ko'nikma, malaka, ma'lumot, rivojlanish kabi asosiy tushunchalar hamda umumiy pedagogika, maktabgacha ta'lim pedagogikasi, maktabgacha ta'lim pedagogikasi, korrektision pedagogika turlari hamda har birining mohiyati tushuntirilgan. Shuningdek, pedagogika ilmiy-tadqiqot metodlariga ham to'xtalib o'tilgan.
  • Shaxs rivojlanishining umumiy qonuniyatlari: Shaxs haqida umumiy tushuncha, uning rivojlanishi, rivojlanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar, yosh va o'ziga xos xususiyatlari bayon qilingan. Individ shaxs, muhit, faoliyat, irsiyat, turli yosh davrlari (go'daklik, maktabgacha, kichik maktab, o'smirlik, o'spirinlik) kabi tushunchalar ochib berilgan. Shaxsni rivojlantirish vazifasi, biologik va ijtimoiy omillarning ta'siri, rivojlanish omillari o'rtasidagi munosabat kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
  • Didaktika pedagogik ta'lim nazariyasi sifatida: Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida, didaktikaning boshqa fanlar bilan bog`liqligi, didaktikaning asosiy kategoriyalari haqida ma'lumotlar berilgan. Ta'lim nazariyasi va taʼlim nazariyasi to'g'risida olimlarning qarashlari, didaktika, bilish, sezish, idrok, tasavvur, tafakkur, amaliyot, bilim, ko'nikma, malaka, ma'lumot, taʼlim, ta'lim jarayoni, davlat ta'lim standartlari kabi tushunchalarning mohiyatiga to'xtalib o'tilgan.
  • Ta'lim jarayoni yagona tizim sifatida: Ta'lim jarayoni, uning mohiyati, vazifalari va strukturasi, o`qitish va o`qish jarayonlari tavsifi, bilish faoliyati va uning tuzilishi ko'rib chiqilgan. Ta'lim va o`qitish jarayonlari tavisifi, o`quv jarayonida ularning o`zaro bog`liqligi, o`quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishiga to'xtalib o'tiladi. Shuningdek, bilim, ko`nikma va malakalar kabi tushunchalarning mohiyatini ochishga e'tibor qaratiladi.
  • Ta'lim tamoyillari, metodlari va vositalari: Ta'limning funksiyalari, qonuniyatlari, tamoyillari hamda metodlari va usullari, ta'lim qonuniyatlari va tamoyillariga tushuntirilgan. Uzluksiz ta'lim malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo`lib, ta'limning barcha turlari, davlat ta'lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko`rsatish muhitini o`z ichiga oladi. Ta'lim tamoyillari (ta'limning ustuvorligi, demokratlashuvi, insonparvarlashuvi, ijtimoiylashuvi, milliy yo`naltirilganligi va boshqalar) mohiyatini ko'rib chiqiladi.
  • O`rta maxsus va kasb-hunar ta'limi mazmuni: O`rta maxsus kasb hunar ta'limi mazmuni, mohiyati va tarixiy xususiyatlari, ta'limning maqsad va vazifalari, ta'lim turlari va ko`rinishlari, ularning xususiyatlari bayon qilingan. Ta'limni insonparvarlashtirish yo`lida ta'lim mazmunini aniqlashda shaxsga-yo`naltirilgan yondashuvning ahamiyatiga to'xtalib o'tilgan. Shuningdek, ta'lim mazmunini belgilovchi me'yoriy hujjatlar tahlil etiladi.
  • Ta'limni tashkil etish shakllari va turlari. Darsga qo`yiladigan talablar: Ta'lim shakllari: asosiy, qo`shimcha va yordamchi hamda frontal, individual, guruhiy, darslarning turlari va tuzilish xususiyatlari yoritilgan. Ta'lim maqsadini tashkil etuvchi umumiy tamoyillar, darsning tashkiliy tizimi va darsni tayyorlash va o`tkazishga qo`yiladigan talablar ochib berilgan.
  • Tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni. Tarbiya qonuniyatlari va prinsiplari: Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi bo`lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o`rganadi. Ijtimoiy tarbiya maqsad va vazifalari, tarbiya jarayonining tizimi va tuzilishi hamda uning qonuniyatlari, mohiyati va tamoyillari kabi masalalar ochib berilgan.
  • Jamoa tarbiya ob'yekti va sub'yekti sifatida: Jamoa tushunchasi, bolalar jamoasini shakllantirishning mohiyati va tashkiliy asoslari, bolalar jamoasining rivojlanish darajasi va bosqichlari, jamoa rivojining asosiy shart-sharoitlari ko'rib chiqiladi. O`quvchilar jamoasining asosiy tarkibiy qismlari, mazmuni va tashkil etilish prinsiplari tahlil qilingan.
  • Tarbiyaning umumiy metodlari: Tarbiya metodlari mohiyati va uning tasnifi, ijtimoiy ongni shakllantirish metodlari, faoliyatni tashkil etish ijtimoiy xulq-atvor normalarini shakllantirish metodlari, pedagogik rag'batlantirish va xulq-atvorni tuzatish metodlari hamda tarbiyada nazorat, o`z-o`zini baholash va o`-o`zini nazorat qilish metodlari bayon etilgan.
  • Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. O`quvchilarning aqliy tarbiyasi: Dunyoqarash, mustaqil fikrlash, ilmiy dunyoqarash va milliy g`oyani shakllantirish tarbiya jarayonining tarkibiy qismlari, aqliy tarbiya, aqliy tarbiyaning maqsad va vazifalari yoritilgan. Shuningdek, tarbiya turlari va ularning mazmuni tavsiflangan.
  • Fuqarolik tarbiyasi. Huquqiy tarbiya: Fuqarolik tarbiyasining maqsad va vazifalari vatanparvarlik va baynalminallik tuyg'usini shakllantirish, fuqarolik tarbiya ning asosiy vazifasi hamda fuqarolik tushunchasining mohiyati anglatilgan. Huquqiy tarbiyani tashkil etishda e'tibor berish lozim bo`lgan narsalar ko'rsatib berilgan.
  • Mehnat tarbiyasi. Iqtisodiy tarbiya: Mehnat tarbiyasining maqsad va vazifalari, mehnat tarbiyasining mazmuni va metodlari hamda iqtisodiy tarbiya mehnat tarbiyasining tarkibiy qismi sifatida bayon qilingan. Shuningdek, sharq mutafakkirlari mehnat tarbiyasi haqida ma'lumotlar keltirilgan.