Биринчи тиббий ёрдам

Ushbu kitob tibbiyot xodimlari, xususan feldsherlar, hamshiralar va tibbiyot talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, favqulodda holatlarda birinchi tibbiy yordam ko'rsatish bo'yicha qo'llanma hisoblanadi. Unda aseptika va antiseptika qoidalari, jarohatlar va ularni davolash usullari, qon ketishini to'xtatish, kuyish va sovuq olishda yordam ko'rsatish, turli xil zaharlanishlar (dori, kimyoviy moddalar, o'simlik va hayvon zaharidan) va shok holatlarida birinchi tibbiy yordam ko'rsatish usullari batafsil yoritilgan. Shuningdek, kitobda o'tkir terapevtik kasalliklar, xususan nafas olish va yurak-qon tomir kasalliklarida birinchi yordam ko'rsatish bo'yicha ma'lumotlar ham keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Birinchi tibbiy yordam (BTY) fanining vazifalari. Aseptika va antiseptika.: BTYning bosqichlari, aseptika va antiseptika tushunchasi, jarohatlar va ularda BTY ko'rsatish, kimyoviy antiseptiklar, aseptika-jarohatga mikrob tushishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi, kontak infektsiyalarning oldini olish.
  • Qon ketishi va qon yo'qotish: Qon ketishining turlari va belgilari, qon yo'qotish darajalari va uning asoratlari, qon oqishida ko'rsatiladigan vrachgacha BTY, qon oqishini to'xtatishda ishlatiladigan preparatlar.
  • Shikastlanishlar. Yumshoq to'qimalarning shikastlanishi.: Shikastlanishlarning tasnifi, yumshoq to'qimalarning shikastlanish turlari, uzoq vaqt bosilish sindromi, uning asosiy belgilari va unda BTY.
  • Bosh miya va umurtqa pog'onasi shikastlanishlari: Bosh miya shikastlanishining asosiy belgilari, miya chayqalishi, miya urilishi va ezilishi, belgilari, BTY.
  • Suyaklarning sinishi va chiqishi: Suyaklarning sinishi, turlari, asosiy belgilari, asoratlari, suyak sinishida BTY, suyaklarning chiqishi, turlari, asosiy belgilari, asoratlari, suyak chiqishida BTY.
  • Kuyish va sovuq olishlar: Termik kuyishning belgilari, BTY, kimyoviy kuyish, BTY, elektr toki va nur ta'sirida kuyish, sovuq urish, darajalari, BTY.
  • O'tkir jarrohlik infektsiyalari: O'tkir jarrohlik aerob infektsiyalari, ularni oldini olish va davolash, o'tkir yiringli infektsiyalarni ayrim turlari va ularda BTY, o'tkir anaerob jarrohlik infektsiyalari.
  • O'tkir terapevtik kasalliklar.: O'tkir nafas a'zolari kasalliklari: Bronxial astma kasalligi, kelib chiqish sabablari, asosiy belgilari va unda BTY, O'pkadan qon ketishi va sabablari, asosiy belgilari va BTY; Yurak qon-tomir kasalliklari: Yurak poroklari kasalligi, kelib chiqish sabablari, asosiy belgilari va BTY, Stenokardiya va miokard infarkti kasalligi, kelib chiqish sabablari, turlari, asosiy belgilari va BTY; Gipertoniya kasalligi, kelib chiqish sabablari, asosiy belgilari va BTY tadbirlari.
  • Terminal holatlar: Reanimatsiya to'g'risida tushuncha, Shok, uning turlari va unda tibbiy yordamning umumiy tamoyillari, Cho'kkanda birinchi yordam tadbirlari, Elektr toki urganda birinchi yordam tadbirlari
  • Zaharlanishlar: Dori moddalaridan zaharlanish va BTY, Og'ir metall tuzlari bilan zaharlanish va BTY, Alkogoldan zaharlanganda BTY, Qishloq xujaligida ishlatiladigan kimyoviy moddalardan zaharlanganda BTY, Ilon chaqqanda birinchi yordam.