Algebra va matematik analiz asoslari

Ushbu kitobda "Algebra va matematik analiz asoslari" fanining asosiy tushunchalari, toʻplamlar nazariyasi, sonlar toʻplamlari, kompleks sonlar, ratsional ifodalar, tenglamalar, tengsizliklar, funksiyalar va ularning xossalari, koʻrsatkichli va logarifmik funksiyalar hamda ularga doir masalalar yoritilgan. Kitob kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar oʻquvchilari uchun moʻljallangan.

Asosiy mavzular

  • To'plamlar va ularning elementlari: Toʻplam tushunchasi, boʻsh toʻplam, chekli va cheksiz toʻplamlar, toʻplamlar ustida amallar
  • Sonli to'plamlar: Cheksiz oʻnli kasrlar, haqiqiy sonlar, ratsional va irratsional sonlar, son o'qi
  • Kompleks sonlar: Kompleks sonlar ta'rifi, kompleks sonlar ustida amallar, qo'shma kompleks sonlar, geometrik tasvir
  • Ratsional ifodalar: Butun ratsional ifodalar, koʻphadlarni boʻlish, Bezu teoremasi, ratsional kasrlar
  • Tenglamalar: Kvadrat tenglamalar, chala kvadrat tenglamalar, Viyet teoremasi, irratsional tenglamalar
  • Tengsizliklar: Chiziqli tengsizliklar, kvadrat tengsizliklar, intervallar usuli, ratsional tengsizliklar
  • Funksiyalar: Funksiya ta'rifi, aniqlanish sohasi, qiymatlar sohasi, funksiyaning berilish usullari, funksiyalar ustida amallar, juft va toq funksiyalar, davriy funksiyalar
  • Koʻrsatkichli funksiya va tenglamalar: Koʻrsatkichli funksiya ta'rifi, xossalari, koʻrsatkichli tenglamalar va tengsizliklarni yechish usullari
  • Logarifmik funksiyalar va tenglamalar: Logarifm ta'rifi, logarifmning asosiy xossalari, oʻnli va natural logarifmlar, logarifmik tenglamalar va tengsizliklarni yechish