Turizm Asoslari

Ushbu qoʻllanma turizm sohasida faoliyat yuritayotgan yoki bu sohada ta’lim olayotganlar uchun moʻljallangan boʻlib, unda turizmning asosiy tushunchalari, turlari, tashkil etish tamoyillari, infratuzilmasi, rasmiyatchiliklari, huquqiy asoslari va rivojlantirish istiqbollari kabi masalalar yoritilgan. Qoʻllanma turizm biznesini yoʻlga qoʻyishni rejalashtirganlar, turistik firmalarda ishlaydiganlar va talabalar uchun foydali ma’lumotlar manbai boʻlishi mumkin.

Asosiy mavzular

  • Turizm asoslari: Turizmning mohiyati, asosiy tushunchalari, turlari va tasniflari, Oʻzbekistonda turizm sohasining rivojlanish tarixi va ahamiyati, turizmni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari.
  • Turistik xizmatlar va mahsulotlar: Turistik xizmatlarning turlari, ularning tasniflanishi va xususiyatlari, asosiy va qoʻshimcha xizmatlar, turistik mahsulotni shakllantirish, uning tarkibi va xususiyatlari.
  • Turizm industriyasi va infratuzilmasi: Turizm industriyasining tarkibiy qismlari, transport, mehmonxona xoʻjaligi, ovqatlanish xizmati, infratuzilmaning ahamiyati va rivojlantirish yoʻllari.
  • Turistik yoʻnalishlarni shakllantirish texnologiyasi: Turistik xizmatlarni loyihalashtirish, turistik sayohatning texnologik xaritasini tuzish, yoʻnalishni aniqlash va dasturini yaratish.
  • Turistik firmani ochish va litsenziya olish bosqichlari: Yangi turistik korxonani tashkil etish tartibi, litsenziya olish shartlari, xizmatlarni sertifikatlashtirish jarayoni.
  • Turizm sohasiga oid rasmiyatchilik va turizmda huquqiy asoslar: Turizm sohasidagi bojxona, pasport va viza rasmiyatchiliklari, turizmga oid hujjatlar, davlatning turizm sohasidagi siyosati, turistlarning xavfsizligini ta’minlash me’yorlari.