Bоtanika va o‘simliklar fiziоlоgiyasi
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi Jizzax Politexnika Instituti tomonidan nashr etilgan «Botanika va oʻsimliklar fiziologiyasi» fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun uslubiy qoʻllanma. Qoʻllanma qishloq xoʻjaligi yoʻnalishi talabalariga moʻljallangan boʻlib, botanika fanining asosiy laboratoriya mashgʻulotlarini oʻz ichiga oladi.
Asosiy mavzular
- Mikroskopdan foydalanish qoidalari va preparat tayyorlash: Biologik mikroskopning tuzilishi, preparat tayyorlash qoidalari, ob'ektiv va okulyarlardan foydalanish, buyum stolchasi va yorug'likni to'g'rilash, mikroskopni ishlatish tartibi.
- Hujayra shakli va tuzilishi. Sitoplazma organoidlari haqida umumiy tushuncha: Piyoz poʻstining hujayrasini tekshirish, hujayra tarkibini aniqlash, hujayra poʻsti, protoplast, vakuol, sitoplazma organoidlari: mitoxondriya, Goldji apparati, endoplazmatik toʻr, ribosoma, plastidalar tuzilishi.
- Sitoplazmadagi zahira moddalar: Kartoshka va sholidagi kraxmalni tekshirish, kraxmal donalarining tuzilishi, sitoplazma tarkibi, organik va anorganik moddalar, kraxmal, oqsillar, moylar va ularning aniqlanishi.
- Yadro tuzilishi va hujayralarning boʻlinishi: Piyoz ildizi hujayrasining kariokinetik boʻlinishini kuzatish, yadro tuzilishi, amitoz va mitoz boʻlinish, profaza, metafaza, anafaza va telofaza bosqichlari.
- Hujayra shirasining tarkibi. Turgor va plazmoliz hodisasi. Hujayra poʻstining oʻzgarishi: Spirogira suvo'ti hujayrasining turgor va plazmoliz holatini kuzatish, hujayra shirasining tarkibi, undagi glikozidlar, organik moddalar, qandlar, kislotalar, tuzlar, pigmentlar, kristalllar va ularning ahamiyati.
- Toʻqimalar to'grisida umumiy tushuncha. Ularni bir-biridan farqlari va vazifalari. Hosil qiluvchi, qoplovchi va asosiy toʻqimalar: To'qimalarning tuzilishi va vazifalari, hosil qiluvchi (meristema), qoplovchi (epiderma, periderma), asosiy (parenxima, mexanik, oʻtkazuvchi) to'qimalar.
- Mexanik toʻqimalar. Kollenxima. Sklerenxima va sklereidlar: Kollenxima va sklerenxima to'qimalarining tuzilishi, joylashishi, vazifalari, ularning o'simlik organlaridagi ahamiyati.
- Oʻtkazuvchi toʻqimalar va oʻtkazuvchi bogʻlam tiplari tuzilishi. Ochiq va yopiq bogʻlamlar: Ksilema va floema elementlarining tuzilishi, o'tkazuvchi bog'lamlar tiplari (kollateral, bikollateral, konsentrik), yog'ochlik va lubning joylashuvi.
- Ildiz zonalari. Ildizning birlamchi va ikkilamchi anatomik tuzilishi. Ildiz metamorfozi: Ildizning oʻsish zonasi, tuzilishi, oʻq ildiz va popuk ildiz tizimi, birlamchi va ikkilamchi tuzilish, ekzoderma, mezoderma, endoderma, perisikl, markaziy silindr.
- Novda va uning shakl oʻzgarishi, shoxlanish tiplari: Novdaning tuzilishi, novda tiplari (asosiy, yon, qoʻshimcha), kurtaklar, er usti va yer osti oʻzgargan novdalar, shoxlanish tiplari (dixotomik, monopodial, simpodial).
- Novdaning Birlamchi anatomik tuzilishi: Poyaning koʻndalang kesmasi asosida birlamchi anatomik tuzilish, epiderma, poʻstloq, yogʻochlik, oʻzak, oʻtkazuvchi bogʻlamlarning joylashuvi.
- Poyaning ikkilamchi anatomik tuzilishi. Kambiy ishi: Ikkilamchi oʻsish, kambiyning faoliyati, yog'ochlik va poʻstloqning rivojlanishi, yillik xalqalarni hosil boʻlishi.
- Bargning morfologik tuzilishi. Barglarning metamorfozi. Bargning anatomik tuzilishi: Barglarning tuzilishi, barg plastinkasi, bandi, tomirlanish, barglarning joylashishi, tuzilishdagi xilma-xillik, Barglarning metamorfozi.
- Gul va changchining tuzilishini oʻrganish: Gulning tuzilishi, gul qismlari (gulkosa, gultoj, changchi, urugʻchi), changchining tuzilishi, changning shakli va tuzilishi, changlanish usullari.
- Urugʻchinig tuzilishi, tuguncha tiplarini oʻrganish. Gul formulasi va diagrammasi. Toʻpgullar morfologiyasi: Urugʻchining tuzilishi, tugunchaning tuzilishi, gul formulasi, toʻpgullar turlari (boshogʻ, shingil, soyabon, savatcha), ularning tasnifi.
- Changlanish, urugʻlanish va qoʻsh urugʻlanish jarayoni: Changlanishning turlari (oʻzidan changlanish, chetdan changlanish), shamol va hasharotlar orqali changlanish, chang naychasining oʻsishi, urugʻlanish prosessi, qoʻsh urugʻlanish, endosperma va murtakning rivojlanishi.
- Meva tuzilishi va tiplarini oʻrganish: Meva tuzilishi (meva qati, urugʻ), meva tiplari (chin meva, soxta meva, quruq meva, xoʻl meva), urugʻli va urugʻsiz mevalar.
- Urugʻning tuzilishi va tiplarini oʻrganish: Urugʻning tuzilishi, urug' qismi (murtak, endosperma, perisperma), urug' turlari (endospermsiz, endospermli, perispermli), urug'ning oziqlanish manbai.