Ахборот технологиялари
Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasini takomillashtirishga bag‘ishlangan. Unda darsliklar, multimediali qo‘llanmalar yaratish, masofaviy ta’lim, elektron resurslardan samarali foydalanish kabi masalalar ko'rib chiqiladi. Kitobda akademik litseylarda "Axborot texnologiyalari" fanini o‘qitishda yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llashning nazariy asoslari va amaliyotdagi jihatlari tahlil etilgan.
Asosiy mavzular
- Ta'limda axborot texnologiyalari fanini o'qitishning nazariy asoslari: Ta'lim sifatini ta'minlashda axborot texnologiyalarining imkoniyatlari, ularni ta'lim jarayonida qo'llashning pedagogik-psixologik omillari, ta'limni axborotlashtirishning yo'nalishlari va mazmuni.
- Akademik litseylarda "Axborot texnologiyalari" fani mazmuni va uni o'qitish metodikasi: Ta'lim bosqichlarida "Axborot texnologiyalari"ni uzviy o'qitish asoslari, fandan amaliy darslarni tashkil etish metodikasi.
- "Axborot texnologiyalari" fanini o'qitish jarayonida o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirishni aniqlash: O'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirishni aniqlash bo'yicha tajriba sinov ishlari, pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil etish shakl va metodlari.
- Ma'lumotlar omborini yaratish va ma'lumotlarni qayta ishlash usullari: Ma'lumotlarni to'plash, saqlash, izlash, joylashtirish va qayta ishlash usullari, ma'lumotlar omborida axborotlarni joylashtirish strukturalari, axborotlar ustida bajariladigan amallar.
- Internet global tarmog'i. Tuzilishi va adreslash tizimi: Internet global tarmog'i, uning tuzilishi va adreslash tizimi, ma'lumotlarni olish, uzatish texnologiyalarini o'rgatish haqida nazariy va amaliy tushunchalar.