Seminar mashg’ulotlari uchun
Ushbu kitob "Manbashunoslik va tarixshunoslik" fanidan seminar mashg'ulotlari uchun uslubiy ko'rsatma bo'lib, 522200-tarix yo'nalishi III kurs talabalari uchun mo'ljallangan. Uslubiy ko'rsatmada seminar mashg'ulotlari uchun mavzularning rejalari, uslubiy maslahatlar, talabalarning mustaqil tayyorgarligi uchun adabiyotlar va hukumat qarorlari berilgan.
Asosiy mavzular
- Yozma tarixiy manbalarning asosiy guruhlari va ulardan ilmiy maqsaddarda foydalanish: Manbalarni turkumlash tamoyillari, manbalarning asosiy turlari (moddiy, ma'naviy), manbalarni tahlil qilish uslublari, manbaning yaratilish tarixi va undagi tarixiylik mezoni, manbalarning shakl va mazmuniga qarab guruhlanishi (moddiy, etnografik, lingvistik, og'zaki, yozma).
- O'rta Osiyo xalqlarining qadimgi tarixiga doir manbalar: Qadimgi Eron manbalari (Behistun yozuvlari), Avesto va paxlaviy tilidagi manbalar, grek va rim tarixchi-olimlarning asarlari.
- O'rta Osiyoning ilk o'rta asrlar davri tarixiga oid manbalar: O'rta Osiyoning ilk o'rta asrlarda ijtimoiy-siyosiy vaziyati, Vizantiya va arman voqeanavislarining ma'lumotlari, so'g'd manbalari.
- O'rta Osiyoning rivojlangan o'rta asrlar davri tarixiga oid arab tilidagi manbalar: Arab tilidagi manbalarning turlari (tarixiy asarlar, tarixiy-jug'rofiy va adabiy asarlar), arab yozuvidagi dastlabki manbalar, Qur'oni Karim va uning tafsirlari, Hadislar, Muhammad payg'ambar va xalifalar hayotiga oid asarlar, Fiqhga oid manbalar.
- Sayyoh va elchilarning esdaliklari tarixiy manba sifatida: Sayyoh va elchilarning esdaliklarining ahamiyati, Ahmad ibn Fadlan, Abu Dulaf, Ibn Batuta, Marko Polo, Rui Gonzale Klavixo, Iogan Shilt'berger va boshqa sayyohlarning ma'lumotlari.
- Xonliklar davri tarixiga oid rus va yevropa manbalari: Xonliklar davrida O'rta Osiyo xonliklarining tashqi aloqalri, Rus elchilari, savdogarlari va sayyohlarining hisobot va safarnomalari, Yevropalik elchi va sayyohlarning xonliklar to'g'risidagi ma`lumotlari.
- Mustaqil O'zbekiston Respublikasi tarixiga oid manbalar: Mustaqillik davri O'zbekiston tarixiga oid manbalarining umumiy tavsifi, Prezident I.A. Karimov asarlarining ahamiyati, Oliy Majlis hujjatlari va Davlat ijroiya organlari hujjatlari, siysiy partiyalar va jamoat tashkilotlari hujjatlari.