Amaliy mashg’ulotlar o’tish
Ushbu kitob iqtisodiy geografiya fanidan amaliy mashg'ulotlarni o'tish bo'yicha uslubiy qo'llanma bo'lib, bakalavriat talabalari uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada dunyo xo'jaligi, xalqaro mehnat taqsimoti, dunyo sanoati, qishloq xo'jaligi, transporti, O'zbekistonning jahon xo'jaligidagi o'rni kabi mavzular yoritilgan. Nazariy bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi.
Asosiy mavzular
- Iqtisodiy geografiya fanining predmeti, maqsadi, vazifalari va tadqiqot usullari: Iqtisodiy geografiya fanining predmeti, ob'yekti, maqsadi, vazifalari, tadqiqot usullari, boshqa fanlar bilan aloqasi, rivojlanish tarixi. Iqtisodiy geografiyaning asosiy ilmiy kantsepsiyalari.
- Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirishning omillari va tamoyillari: Ishlab chiqarish kuchlari tushunchasi, mazmuni va mohiyati, joylashtirish qonuniyatlari, tamoyillari, omillari, ishlab chiqarish munosabatlari, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, geografik determenizm, tabiiy muhit, ekologik omil, iqtisodiy mohiyat.
- Hozirgi zamon dunyo siyosiy va iqtisodiy xaritasi: Siyosiy xarita, uning shakllanishi, asosiy bosqichlari, suverinitet, davlat chegaralari, ajratuvchi makon, buyuk geografik kashfiyotlar, mamlakat tiplari, tipologiyasi, klassifikatsiyasi, mustaqil, mustamlaka, qaram, iqtisodiy rivojlangan, rivojlanayotgan, kam rivojlangan mamlakatlar. Kapitalistik, post sotsialistik, sotsialistik mamlakatlar.
- Dunyo aholisi geografiyasi: Aholi joylashuvi, takror barpo bo'lishi, tabiiy va mexanik o'sishi, aholi zichligi, irqiy va diniy tarkibi, migratsiya, demografik portlash, urbanizatsiya darajasi, megapolis, mehnat resurslari, ishchi kuchi, aholi bandligi, iqtisodiy faol aholi, ishsizlik muammolari.
- Dunyo xo'jaligi geografiyasi: Jahon xo'jaligi, xalqaro mehnat taqsimoti, xalqaro integratsiya, milliy yalpi mahsulot, Yevropa ittifoqi, Shimoliy Amerika erkin savdo kelishuvi, Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi, Lotin Amerika mamlakatlari assotsiatsiyasi, Neft eksport qiladigan davlatlar uyushmasi, Yashil inqilob, Postindustrial inqilobi bosqichi.
- Ba'zi rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy-geografik tavsifi: AQSH, Yaponiya, Germaniya iqtisodiyoti, Federal hukumat, prezident boshqaruvi, kongress, senat, senator, vakillar palatasi, kongressmen, oliy sud, federal va shtat hokimiyatlari, immigratsiya,amerikaliklar, oraliq immigrantlar, tub joy xalqlari. mintaqaviy siyosat.
- MDH mamlakatlarining iqtisodiy – geografik tavsifi: MDH, Rossiya, Ukraina va Markaziy Osiyo mamlakatlarining har biriga iqtisodiy geografik jihatdan tavsif. Arxipelag davlat, geografik o'rni, tabiiy sharoiti va resurslari, davlat tuzumi, xavfsizlik strategiyasi, o'zaro iqtisodiy yordam kengashi,transport infrastrukturasi.
- O'zbekiston jahon xo'jaligi tizimidagi o'rni. O'zbekiston tabiiy resurs salohiyati, ulardan ratsional foydalanish, muhofaza qilish va takror ishlab chiqarish: Iqtisodiy salohiyat, yalpi ichki mahsulot, suveren davlat, jahon hamjamiyati,xalqaro tashkilotlar, Tabiiy resurs salohiyati, geologik va sanoat zaxiralari, neft', gaz xavzalari, basseynlari, kar'er, rekultivatsiya.
- O'zbekiston aholisi va mehnat resurslari: Mehnat resurslarining o'sib borishi- mamlakat aholisining tabiiy o'sishi hisobiga. Aholisining 50% ni tashkil etadi. Sug'oriladigan yerlarning asosiy qismiga paxta, g'alla, yem-xashak, bo'ladigan ekinlar kiradi.Su'goriladigan yerlar 4 mln gektarni tashkil etadi. Ekin maydonlarining 10% dan kamrog'ini yengil tuproqlar tashkil etadi.
- O'zbekiston sanoat geografiyasi: Sanoatning xalq xo'jaligidagi ahamiyati va geografik joylashish xususiyatlari.Tarmoq tizimidagi o'zgarishlarni hozirgi davrdagi tendentsiyalari.Yogilg'i-energetika sanoati joylashuvi.Yoqilg'i balansi. Gaz, neft, ko'mir sanoati energetikaning asosi. Elektrometallurgiya.Elektroenergetika. issiq elektrostansiyalari.
- O'ZBEKISTON QISHLOQ XO'JALIK GEOGRAFIYASI: Qishloq xo'jaligi mamlakat xalq xo'jaligining muhim tarmog'i bo'lib, u aholini oziq-ovqat bilan ta'minlaydi, moddiy farovonligini oshirishda juda katta ahamiyat kasb etadi.O'zbekiston MDH xududida sug’oriladigan yerlar maydoni bo’yicha eng yuqori ko’rsatkichga ega.
- O'ZBEKISTON TRANSPORT GEOGRAFIYASI VA TASHQI IQTISODIY ALOQALARI: O`zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalari bizning mamlakatimizdagi asosiy sohalardan biri hisoblanadi. Bu soha rivoji bizning iqtisodiy-ijtimoiy hayot tarzimizga ta'sir ko'rsatadi.Temir yo'l transportining iqtisodiy ahamiyati.
- O'ZBEKISTONNING IQTISODIY – GEOGRAFIK RAYONLARI VA YIRIK TABIIY– IQTISODIY MINTAQALARI: Iqtisodiy rayonlashtirishning maqsadi.Iqtisodiy geografik rayonlarining asosiy ko'rsatkichlari.Iqtisodiy rayonning ahamiyati va turlari.Hududning boyligi.