Turizm marketingi

Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va Oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabalari uchun “Turizm marketingi” fanidan oʻquv qoʻllanma sifatida nashr etilgan. Qoʻllanma turizm marketingining nazariy va amaliy jihatlarini yoritadi, turizm sohasidagi marketing konsepsiyalari, tadqiqotlar, strategiyalar va kommunikatsiyalarni oʻrganadi. Kitob turizm bozorining tarkibi, turistik mahsulotlarni loyihalashtirish va oʻtkazish usullari, narx siyosati va marketing kommunikatsiyalari kabi masalalarni qamrab oladi.

Asosiy mavzular

  • Turizm marketingining mohiyati va vazifalari: Turizm marketingi fanining asosiy maqsadlari va vazifalari, marketing funksiyalari, turizmda marketingning roli va ahamiyati, turizm marketingi konsepsiyasi va tamoyillari
  • Turistik xizmatlar bozorini marketing tadqiqotlari: Turistik xizmatlar bozorining marketing tadqiqotlarining ahamiyati, mazmuni va shakllari, turistik korxonalarning marketing muhiti tadqiqoti, turistlik bozorni marketing tadqiqotlari, servis va turizm korxonalari raqiblarning marketing tadqiqotlari
  • Turistik bozorni segmentlash: Turistik bozorni segmentlashga yondashuv va undan maqsad, segmentlarning mezonlari, maqsadli bozorlarni aniqlash
  • Turmahsulotning hayotiy shakli: Turistik mahsulot va uning hayotiy sikli, turistik mahsulotning ishlab chiqarilishi, turistik mahsulotni rejalashtirish, turistik mahsulotni loyihalashtirish
  • Turistik mahsulot iste'molchilari: Turistik mahsulot iste'molchilari, turistik mahsulotning harid jarayoni, turmahsulot haridi jarayonida ishtirok etuvchilar, turxizmatdan foydalanuvchilar ruhiyatining oʻziga xos jihatlari
  • Turistik bozor tarkibi: Turistik motivlar (dalillar), jozibali turistik mahsulot yaratish
  • Turizm korxonasi marketing xizmatini tashkil etilishi va faoliyati: Turistik korxonada marketing xizmati, marketing xizmatining tashkiliy tarkibi
  • Turistik biznesni tashkil etish: Turizmda biznes-rejasi, turistik talabni istiqbollash, turizmda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish
  • Turizmda narx siyosati: Turmahsulot narxining tarkibiy tuzilishi, turistik faoliyat harajatlari va daromadlari, turizmda narx belgilash usullari
  • Turistik biznesda kommunikatsiya kompleksi. Oʻzbekiston turizm bozorini oʻziga xos jihatlari: Marketing kommunikatsiyalari, turizmda reklama, turmahsulotni oʻtkazish, Oʻzbekiston turizm bozori