Tadqiqot usullari va vositalari
Ushbu o'quv-uslubiy majmua "Tadqiqot usullari va vositalari" fanini o'qitish jarayonida talabalarga mustaqil ta'lim olish uchun yordam beradi. Majmua amaldagi dasturlar asosida tayyorlangan bo'lib, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tuzilgan ma'ruza matnlari, amaliy mashg'ulotlarni bajarish tartiblari, mustaqil mavzular va ularni bajarish uchun uslubiy tavsiyalar, reyting ishlanmalasi, baholash mezoni va nazorat savollarini o'z ichiga oladi. Majmuada tadqiqot usullari va vositalari faniga doir mavzular bosqichma-bosqich keng yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Ilmiy tadqiqot ishlarining umumiy metodologiyasi: Ilmiy tadqiqot ishlarining umumiy metodologiyasi, ilmiy tadqiqot ishlarining turlari to'g'risida bilim va ko'nikmalarni chuqurlashtirish.
- Ilmiy tadqiqot ishlarini o'tkazishning tayyorgarlik bosqichi: Ilmiy tadqiqot ishlarini o'tkazishning tayyorgarlik bosqichini amalga oshirish. Tadqiqot ishlarining uslubiy va ishchi dasturlarini tuzish.
- Texnologik jarayonlarni matematik ifodalanishi: Texnologik jarayonlarni matematik ifodalash, jarayonlar va mashinalarning matematik modellari.
- Dastlabki tajriba natijalariga ishlov berish: Tajribalar natijalarini qayta ishlash va tahlil qilish, to'plamning qiyshiqlik va cho'qqililik ko'rsatkichlarini baholash.
- Passiv va aktiv tadqiqot ishlari: Aktiv usulning an'anaviy va ko'p omilli rejalashtirish turlari. Aktiv tajribani o'tkazish tartibi.
- Belgining bosh majmuasi: Tanlamani bosh to'plamidan ajratib olishning bir, ikki va ko'p bosqichli usullari.
- Tasodifiy sonlar to'plamidagi keskin farqlanuvchi qiymatlarni chiqarib tashlash usullari: Keskin farqlanuvchi qiymatlarni chiqarib tashlashning taxlil qilish va statistik usullari.
- Yarim maxsulot va ip xossalarini o'lchashi natijalaridan xosil bo'lgan tasodifiy qiymatlar to'plamining raqamili tavsiflari: O'rtacha qiymat va tarqoqlik darajasini belgilovchi tavsiflar.
- Raqamli tavsiflarni aniqlashning ko'paytirish, jamlash va boshqa usullari: Tasodifiy kattaliklar to'plamining raqamli tavsiflarini statistik usullarida aniqlash.
- Tasodifiy sonlar taqsimot qonuniyatini Kolmogorov mezoni bo'yicha tekshirish: Tasodifiy kattaliklar majmuasining to'la tavsifi taqsimotning differentsial yoki integral funktsiyalaridan iborat.
- Aktiv rejalashtirish tajribalari bo'yicha statistik regression bir omilli matematik andoza: Rejalashtirishning an'anaviy usulida texnologik jarayon yoki ob`ektga ta`sir etuvchi omillarning chiquvchi parametrga ta'siri birin-ketin faqatgina bir vaqtda bir omilning satxlari o'zgartirib borib o'rganiladi.
- Bir omilli regression chiziqli bog'lanishda empirik regressiya chizig'ini topish: Passiv tajriba asosida olingan korrelyatsion bir omilli statistik andozalarning tadqiqi.