Донни сақлаш ва қайта ишлаш технологияси
Ushbu o'quv qo'llanma "Un va yorma texnologiyasi" fani bo'yicha ma'ruzalar matnini o'z ichiga oladi. Unda donni saqlash va qayta ishlash texnologiyalari, un va yorma ishlab chiqarishning nazariy va amaliy asoslari, texnologik jarayonlar, ishlatiladigan uskunalar, xom ashyo sifati, tayyor mahsulot turlari va ularning sifat ko'rsatkichlari batafsil yoritilgan. Qo'llanma O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Un va yorma ishlab chiqarishga umumiy ma'lumot: Ushbu mavzuda un va yorma ishlab chiqarish sanoatining rivojlanish istiqbollari, texnologik jarayonlarning umumiy tavsifi, mahsulot assortimenti, standartlashtirishning roli va ekologiya masalalari ko'rib chiqiladi.
- Un va yorma ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida donning xossalari: Donning tuzilishi, anatomik va mikroskopik tuzilishi, biokimyoviy xossalari, oziqlik qiymati, namlik va haroratning ta'siri, fizik-kimyoviy xossalari va strukturali-mexanik xossalari kabi jihatlar o'rganiladi.
- Donlarning texnologik xossalari: Donning texnologik xossalari tegirmon va yorma zavodlarida, uning assortimenti va sifat ko'rsatkichlari, un va nonboplik xossalari kabi jihatlarni o'z ichiga oladi.
- Tegirmon va yorma zavodlarida donni qayta ishlashga tayyorlash asoslari: Don massasini ajratish, donning yuzasiga ishlov berish, gidrotermik ishlov berish, aralashma partiyalarini tayyorlash va hisoblash usullari ko'rib chiqiladi.
- Donlarni maydalash jarayoni: Donni maydalashning asosiy vazifalari va usullari, valikli dastgohlarda maydalashning asoslari va samaradorligiga ta'sir etuvchi omillar tahlil qilinadi.
- Muzqaymoq mahsulotlarini yirikligi bo'yicha saralash va ularning tasnifi: Saralash jarayonining asosiy vazifalari, saralash usullari, elaklash texnologik sxemasi va uning samaradorligiga ta'sir etuvchi omillar o'rganiladi.
- Oraliq yorma maxsulotlarini sifati bo'yicha saralash: Ishlab chiqarish jarayonidagi oraliq mahsulotlarni sifatini oshirish, maxsulot tarkibidagi har hil elementlarini olib tashlash usullari tasvirlangan.
- Yorma zavodlarida donlarning qobig'ini ajratish: Don qobig'ini ajratish usullari, omillari va unda foydalaniladigan mashinalar tavsifi keltirilgan.
- Qobiq ajratishda hosil bo'lgan maxsulotlarni saralash: Ushbu maxsulotlarni tozalash va saralash usullari, ularni qayta ishlash texnologiyasi korsatib otilgan.
- Yormalarni silliqlash va sayqallash jarayoni: Ushbu jarayonlarni texnologik usullari, unda foydalanadigan uskunalari va ularni maqsadlari tushuntirilgan.
- Un tortishning turlari: Un tortish texnologiyalarini klassifikatsiyasi, ularni mohiyati va ularga qo'yiladigan talablar korsatib otilgan.
- Bug'doy va javdar donlaridan un tortishning texnologik jarayonlari: Ushbu donlardan un tayyorlashda texnologik jarayonlarga qo'yiladigan talablar, jarayonning bosqichlari va ularda qollaniladigan uskunalar muhokama etiladi.
- Yorma ishlab chiqarish texnologiyasi: Yorma ishlab chiqarish jarayonlarida qollaniladigan texnologiyalarni usullari va ularda qollaniladigan mashina uskunalarning texnik korsatkichlari berilgan.
- Grechixa donidan yorma ishlab chiqarish texnologiyasi: Grechixa donidan yorma tayyorlashning texnologik jarayonlari, ularga qoyiladigan talablar va unda qollaniladigan uskunalar berilgan.
- Sholi donidan yorma ishlab chiqarish texnologiyasi: Sholi donidan yorma tayyorlashda texnologik jarayonlarga qo'yiladigan talablar, jarayonning bosqichlari va ularda qollaniladigan uskunalar muhokama etiladi.
- Suli donidan yorma ishlab chiqarish texnologiyasi: Suli donidan yorma tayyorlashda texnologik jarayonlarga qo'yiladigan talablar, jarayonning bosqichlari va ularda qollaniladigan uskunalar muhokama etiladi.
- Arpa donidan yorma ishlab chiqarish texnologiyasi: Arpa donidan yorma tayyorlashda texnologik jarayonlarga qo'yiladigan talablar, jarayonning bosqichlari va ularda qollaniladigan uskunalar muhokama etiladi.
- Bug'doy donidan yorma ishlab chiqarish texnologiyasi: Bug'doy donidan yorma tayyorlashda texnologik jarayonlarga qo'yiladigan talablar, jarayonning bosqichlari va ularda qollaniladigan uskunalar muhokama etiladi.
- Makkajuxori donidan yorma ishlab chiqarish texnologiyasi: Makkajuxori donidan yorma tayyorlashda texnologik jarayonlarga qo'yiladigan talablar, jarayonning bosqichlari va ularda qollaniladigan uskunalar muhokama etiladi.