Ҳуқуқшунослик
Ushbu kitob "Huquqshunoslik" fanini o'rganish uchun mo'ljallangan o'quv qo'llanma bo'lib, unda davlat va huquqning asosiy tushunchalari, prinsiplari, manbalari, huquqbuzarliklar, javobgarlik, oila huquqi, mehnat huquqi, ekologiya huquqi, xalqaro huquq kabi sohalar yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Davlatning kelib chiqishi, mohiyati, belgilari, shakllari: Davlat va huquq nazariyasining predmeti va metodlari, fuqarolik jamiyati va davlat tushunchasi, davlatning kelib chiqishi, unga doir nazariyalar, davlatning belgilari, shakllari va funksiyalari, huquqiy davlat tushunchasi.
- Huquqning paydo bo'lishi, mohiyati, belgilari, tizimi va manbalari: Huquqning belgilari, vazifalari, huquqning kelib chiqishiga doir nazariyalar, huquq va axloq, huquq normalari, tizimi, huquq manbalari, huquqbuzarlik, belgilari, turlari.
- Ma'muriy huquq asoslari: Ma'muriy huquq tushunchasi, ma'muriy huquq tizimi va manbalari, ma'muriy huquqiy munosabatlar, ma'muriy huquqbuzarlik ma'muriy jazo, ma'muriy jazo turlari.
- Fuqarolik huquqi asoslari: Fuqarolik huquqi tushunchasi, tamoyillari va tizimi, fuqarolik huquqiy munosabatlar, fuqarolarning huquq layoqati muomala layoqati, muomala layoqati tushunchasi, jismoniy shaxslar.
- Iste'molchilar huquqini himoyalash asoslari: Iste'molchilarning tovar (ish va xizmat) to'g'risida ma'lumot olish huquqi, iste'molchilar huquqini himoya qilish tushunchasi, iste'molchilarga sifatli tovar sotish, sifatli tovar sotish oqibatlari.
- Mehnat huquqi: Mehnat huquqi tushunchasi, mehnat huquqi manbalari, mehnat huquqi prinsiplari,mehnat huquqi funktsiyalari, mehnatga oid munosabatlar sub'ektlari.
- Oila huquqi asoslari: Oila huquqi tushunchasi, nikoh tushunchasi, uni tuzish tartibi va shartlari, nikoh shartnomasi,er va xotinning shahsiy, mulkiy huquqlari.Ota-onalik va uning huquqiy oqibatlari. Aliment majburiyatlari.
- Ekologiya huquqlari asoslari: Ekologiya huquqi tushunchasi va uning mohiyati, ekologiya huquq obyektlari, ekologik huquqiy javobgarlik, Yerdan, suvdan, yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni huquqiy muhofaza qilish.
- Jinoyat huquqi asoslari: Jinoyat huquqi tushunchasi, vazifalari va tamoyillari. Jinoyiy javobgarlik, jinoyatchilik tushunchasi. Jinoyatning tarkibiy unsurlari.Jazo tushunchasi, jazo turlari,jinoyiy javobgarlikdan va jinoyiy jazodan ozod qilish asoslari.
- Xalqaro huquq asoslari: Xalqaro huquq tushunchasi, obyektlari, tamoyillari va funktsiyalari.Xalqaro huquqiy me'yorlar,Xalqaro huquqiy tizimi,Xalqaro huquqiy munosabatlar. Xalqaro huquq manbalari, sub'ektlari.Xalqaro huquq sohalari.