La literature du XX siecle (XX asr Fransuz adabiyoti)
Kitob XX asr fransuz adabiyotiga bag'ishlangan bo'lib, unda bu davr adabiyoti, asosiy vakillari, oqimlari va muhim asarlari haqida ma'lumotlar berilgan. Unda Ikkinchi jahon urushidan oldingi va keyingi adabiy tendensiyalar, shuningdek, ayrim yozuvchilarning hayoti va ijodi tahlil qilingan.
Asosiy mavzular
- XX asr fransuz adabiyoti: Bu davr adabiyotining asosiy xususiyatlari, urushlar, totalitarizm va ijtimoiy o'zgarishlarning adabiyotga ta'siri.
- Avangardizm: Apolliner kabi shoirlar ijodidagi yangiliklar, poeziyada formal chegaralarni buzish.
- Ekzistensializm: Sartr va Kamyu asarlarida inson erkinligi, mas'uliyati va absurdlik tushunchalari.
- Surrealizm: Breton, Aragon va Eluard kabi yozuvchilarning ong osti, inqilobiy ruh va san'atdagi yangi izlanishlari.
- Romain Rollan: "Jan Kristof" romani orqali insonparvarlik g'oyalari va yakka kurashchining ideali.
- Lui Aragon: Adibning hayoti va ijodi, uning kommunistik g'oyalarga sodiqligi va Ikkinchi jahon urushi davridagi faoliyati.
- Marsel Prust: "Yo'qotilgan vaqtni izlab" romani orqali modernistik roman yaratish.
- Andre Morua: Adibning hayoti va ijodi, uning biografiik romanlar yaratish mahorati.
- Jan Pol Sartr: Adibning hayoti va ijodi, uning falsafiy g'oyalari va "Ko'ngil aynishi" romani orqali shu g'oyalarni ifodalash.
- Jorj Simenon: Adibning hayoti va ijodi, uning detektiv romanlar yaratish mahorati va komissar Megre obrazi.