Anorganik kimyo
Ushbu kitob noorganik kimyo fanining asosiy tushunchalari, qonuniyatlari va nazariyalarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda atom tuzilishi, kimyoviy bog'lanish, elementlarning davriy sistemasi va ularning xossalari, eritmalar, elektrolitik dissotsilanish, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari kabi muhim mavzular batafsil yoritilgan. Kitob talabalar va o'qituvchilar uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Atom molekulyar ta'limot: Atomlarning tuzilishi, elementlarning davriy sistemadagi o'rni va xossalari, izotoplar, kvant sonlar va atomlarning elektron konfiguratsiyasi haqidagi ma'lumotlar keltirilgan. Shuningdek ushbu mavzu doirasida kimyoviy elementlar va ularning turlari xam batafsil yoritilgan.
- Kimyoviy bog'lanish: Kimyoviy bog'lanishning asosiy turlari (kovalent, ionli, metall bog'lanish), valentlik, atom orbitallarining gibridlanishi, molekulalararo bog'lanish va vodorod bog'lanish kabi tushunchalar batafsil tavsiflangan.
- Elementlarning davriy sistemasi: Elementlarning davriy qonuni, davriy sistemaning tuzilishi, gruppalar va davrlar bo'yicha elementlarning xossalarining o'zgarishi, elementlarning atom massalari, fizik va kimyoviy xossalari haqida ma'lumotlar berilgan.
- Eritmalar: Eritmalar, ularning konsentratsiyasi, eruvchanlik, bug' bosimi, qaynash va muzlash temperaturalari kabi xossalari, diffuziya va osmos hodisalari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- Elektrolitik dissotsilanish: Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi, dissotsilanish darajasi, kuchli va kuchsiz elektrolitlar, ionli reaksiyalar, eruvchanlik ko'paytmasi, tuzlarning gidrolizi kabi mavzular yoritilgan.
- Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari: Oksidlanish va qaytarilish prosesslari, oksidlanish darajasi, asosiy oksidlovchi va qaytaruvchilar, tenglamalarni tuzish usullari, elektrod potensial, elektrokimyoviy elementlar va elektroliz kabi tushunchalar batafsil yoritilgan.
- VI va VII guruxning P-elementlari: VI-gurux (kislorod, oltingugurt) va VII-gurux (galogenlar) elementlarining umumiy xarakteristikasi, tabiatda uchrashi, olinishi, xossalari va birikmalari, shu jumladan vodorodli, kislorodli birikmalari tavsiflangan.
- III, IV guruxning P-elementlari: III gurux(bor, alyuminiy, galliy), IV gurux (uglerod, kremniy, germaniy, kalay, kurgoshin) elementlarining umumiy xarakteristikasi, tabiatda uchrashi, olinishi, xossalari va birikmalari, shu jumladan vodorodli, kislorodli birikmalari tavsiflangan.
- I va II guruxning S-elementlari: I gurux (litiy, natriy, kaliy) va II gurux (berilliy, magniy, kalsiy) elementlarining umumiy xarakteristikasi, tabiatda uchrashi, olinishi, xossalari va birikmalari, shu jumladan vodorodli, kislorodli birikmalari tavsiflangan.