Mapleда математик масалаларни ечиш

Ushbu qo'llanma Maple matematik dasturiy ta'minot tizimidan foydalanib matematik masalalarni yechishga bag'ishlangan. Unda elementar va oliy matematika masalalarini yechish usullari, analitik va differentsial geometriya, matematik analiz, algebra, differentsial tenglamalar, hisoblash usullari, kompyuter grafikasi kabi sohalarga oid amaliy masalalarni yechish usullari keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Maple dasturida elementar matematik masalalarni yechish: Maple oynasining tuzilishi, sonlar va arifmetik amallar, o'zgarmaslar, algebraik ifodalarni soddalashtirish, tenglamalarni yechish.
  • Maple da grafiklar yasash: Ikki va uch o'lchovli grafiklar yaratish, parametrik ko'rinishda grafiklar chizish, implicit funksiyalarni grafiklash, animatsiyalar yaratish.
  • Maple da sonli tenglamalar va tengsizliklarni yechish: Tenglamalarni analitik va sonli usullarda yechish, ildizlarni topish, tengsizliklarni yechish, iterativ usullar.
  • Bir o'zgaruvchili funksiyaning differentsial va integral hisobi: Limitlarni hisoblash, hosilalarni topish, funksiyalarni tekshirish, integrallarni hisoblash (aniq va taqribiy), integrallash usullari.
  • Chiziqli algebra: Vektorlar algebrasi, matritsalar algebrasi, xos sonlar va xos vektorlar, chiziqli tenglamalar sistemalarini yechish, matrisalarni kanonik ko'rinishga keltirish.
  • Oddiy differentsial tenglamalar (ODT): ODTni analitik usulda yechish, ODTni sonli usulda yechish, ODTni interactive usulda yechish
  • Ko'p o'zgaruvchili funksiyaning differentsial va integral hisobi: Ko'p o'zgaruvchili funksiyaning differentsial hisobi, integrallash , vektor analiz elementlari, qatorlar
  • Xususiy hosilali differentsial tenglamalar (XHDT): XHDT ni analitik usulda yechish, sonli usulda yechish.