MexaniIka
Ushbu kitob mexanika fanining asosiy tushunchalari, qonunlari va teoremalarini o'z ichiga oladi. Kitobda moddiy nuqta harakati, qattiq jism dinamikasi, ishqalanish, muvozanat, to'lqinlar, akustika, tortishish maydoni kabi mavzular batafsil yoritilgan. Har bir mavzu nazariy asoslar va amaliy misollar bilan mustahkamlangan.
Asosiy mavzular
- Moddiy nuqta kinematikasi: Bu bob moddiy nuqtaning harakatini, tezlikni, tezlanishni, trayektoriyani va boshqa kinematik kattaliklarni o'rganadi. Harakat turlari, koordinata sistemalari va vektorlar bilan ishlash usullari ko'rib chiqiladi.
- Qattiq jism kinematikasi: Qattiq jismning ilgarilanma va aylanma harakatlari, erkinlik darajasi, harakatining tashkil etuvchilari, burchak siljishi, burchak tezlik va tezlanish kabi tushunchalar yoritiladi.
- Tebranma harakat: Tebranma harakatning asosiy xususiyatlari, tebranish amplitudasi, faza, chastotasi, garmonik tebranma harakat, siljish, tezlik va tezlanish kabi tushunchalar bilan tanishtiriladi. Erkin va majburiy tebranishlar, rezonans hodisasi ham ko'rib chiqiladi.
- Moddiy nuqta dinamikasi: Bu bobda kuch, Nyuton qonunlari, impuls, energiya, ish, quvvat kabi dinamikaning asosiy tushunchalari o'rganiladi. Galiley almashtirishlari, inersiya kuchlari va Nyuton mexanikasining qo'llanilish chegaralari ham muhokama qilinadi.
- Qattiq jism mexanikasi: Qattiq jismning muvozanat shartlari, aylanishning erkin o'qi, inersiya momenti, Gyuygens-SHteyner teoremasi, aylanma harakat kinetik energiyasi kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
- Qattiq jismning yassi harakati. Giroskoplar.: Qattiq jismning yassi harakati, giroskop, erkin aylanish o'qi, vaznsizlik, giroskoplar hayotda qo'llanilishi kabi mavzular yoritilgan.
- O'zgaruvchan massali jism va sistema kinematikasi.: Bu bobda O'zgaruvchan massali jism va sistema harakati qonunlari, Mesherskiy tenglamasi, Siolkovskiy formulasi kabi tushunchalar keltirib o'tilgan.
- Ishqalanish mavjudligidagi harakat.: Quruq ishqalanish qonunlari, Kinematik ishqalish, Suyuqlikli ishqalanish. Qovushoq muhitda jism harakati va Stoqs formulasi kabi mavzular o'z o'rnini topgan.
- Suyuqlik va gazlar mexanikasi.: Gidrostatika, Suyuqlik va gazlarda bosim, Tinch holatdagi suyuqlik va gazda bosim taqsimoti.Paskal qonuni Butun olam tortishish qonunlari haqida ma'lumot beradi.
- Butun olam tortishish qonuni.: Butun olam tortishish qonuni, Tortishish maydoni haqida tushuncha, Gravitasion doimiyni o'lchashning yo'llari yoritilgan.
- Maxsus nisbiylik nazariyasi (MNN).: Maxsus nisbiylik nazariyasi, Yorug'lik tezligining doimiyligi Lorens almashtirishlari, Eynshteyn postulatlari. MNNda uzunlik kesmasi va vaqt oralig'ining nisbiyligi mavzulari batafsil ochib berilgan.