Meliorativ geografiya
Ushbu qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan Farg'ona davlat universiteti talabalari uchun meliorativ geografiya fanini o'qitishda yordam berish maqsadida ishlab chiqilgan. Qo'llanmada meliorativ geografiyaning nazariy asoslari, suv va yer melioratsiyasi, eroziyaga qarshi kurash choralari, o'simliklar melioratsiyasi va qishloq xo'jaligi erlarini meliorativ baholash masalalari yoritilgan. Qo'llanma geografiya, agrokimyo va tuproqshunoslik yo'nalishi talabalari, magistrlar va aspirantlar uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Meliorativ geografiyaning mazmuni, mohiyati, tadqiqot uslublari: Meliorativ geografiyaning shakllanishi, fan sifatida rivojlanishi, meliorativ geografik tadqiqotlarni amalga oshirishning ahamiyati, tadqiqot yo'nalishlari va ularni turli meliorativ hududlarda amalga oshirish masalalari ko'rib chiqiladi. Melioratsiya turlari va ahamiyati, geografiya fanlari tizimida meliorativ geografiyaning o'rni, meliorativ-geografik tadqiqotlar maqsadlari.
- Suv melioratsiyasi. Suv melioratsiyasining tabiiy asoslari: Suv melioratsiyasining mazmuni, turlari, sug'orishning paydo bo'lishi, rivojlanishi va sug'orish uslublarining takomillashuvi, sug'orishda tabiiy sharoitga baho berish, sug'orish uslublari tahlil qilinadi. Suv resurslaridan foydalanish, kanallarda suv isrofini kamaytirish, sizot suvlaridan foydalanish, sug'orish usullari va texnologiyalari.
- Yer melioratsiyasi. Yer melioratsiyasida tabiiy sharoitga baho berish: Yer melioratsiyasi mazmuni mohiyati, uni amalga oshirish turlari, uslublari, yerlarni meliorativ baholashda tabiiy sharoitning roli, yerlarni meliorativ geografik rayonlashtirish, yer melioratsiyasining amalga oshirishning tabiiy sharoitga moslashgan texnik uslublari, eroziyaga berilgan yerlarning geografik baholash, eroziyaga qarshi tadbirlar.
- Eroziya, defletsiya va unga qarshi kurash choralari: Eroziya turlari va uni tabiiy sharoitga bog'liqligi, suv eroziyasi, uni kelib chiqishi va unga qarshi kurash, deflyatsiya, uni kelib chiqishi va yerlarni deflyatsiyadan saqlash. Tuproq eroziyasini rivojlantiruvchi omillar, shamol eroziyasiga qarshi kurash usullari, kimyoviy melioratsiyani asoslash.
- Iqlimiy melioratsiya. Iqlimiy meliorativ tadbirlarni amalga oshirish: Iqlimiy melioratsiya mazmuni, turlari. Mikroiqlim hosil qilish va iqlimga ta'sir etishning meliorativ asoslari. Qor melioratsiya, uning turlari va tabiiy sharoitga ta'siri. Iqlimni o'zgartirish orqali meliorativ tadbirlarni amalga oshirish, iqlimiy melioratsiyaning atrof muhitga ta'siri va qishloq xo'jaligi uchun ahamiyati.
- Oʻsimliklar melioratsiyasi: Fitomelioratsiya va uning ahamiyati, oʻrmonlarni hosil qilishning fitomeliorativ asoslari, Fitomelioratsiyani tabiiy sharoitga ta'siri. O'simliklar orqali melioratsiya qilishning uslublari, ahamiyati, o'rmonlar baro etish, himoya olosalari baro etish, fitomelioratsiyaning tabiiy muhitga taʼsiri va uni kompleks meliorativ tadbirlar bilan bog'lash.
- Qishloq xoʻjaligi erlarni meliorativ baholash: Qishloq xoʻjaligida melioratsiya, qishloq xoʻjaligi maydonlarini meliorativ xolatini aniqlash, qishloq xoʻjaligida erlarni melioratsiya qilishning tabiiy-texnik asoslari. Qishloq xoʻjaligi erlarni meliorativ rayonlashtirish va uning amaliy ahamiyati.
- Meliorativ geografik rayonlashtirish: Tabiiy meliorativ rayonlashtirishning ilmiy asoslari, meliorativ rayonlashtirishda etakchi omilni aniqlash, meliorativ-geografik rayonlashtirish.Meliorativ tadbirlarni amalga oshiriuvchi hududlarni ilmiy asosda kompleks oʻrganish.