Фойдали қазилмалар ва уларни бойитиш тўғрисида

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan "Foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash" fanining dasturidir. Kitobda foydali qazilmalarni boyitishning nazariy va amaliy asoslari, texnologik jarayonlari, ishlatiladigan uskunalar va ularning texnik xususiyatlari haqida ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, kitobda rudalarni boyitishga tayyorlash, boyitish usullari (gravitatsion, flotatsion, magnitli, elektr), mahsulotlarni suvsizlantirish kabi mavzular ham yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Foydali qazilmalar va ularni boyitish to'g'risida asosiy tushuncha: Fanining mutaxassis boyituvchi tayyorlashdagi o'rni, fan maqsadlari va dasturi, boyitish haqida tushuncha, boyitishning xalq xo'jaligidagi o'rni, foydali qazilmalarni klassifikatsiyasi, boyitishning texnologik ko'rsatkichlari va boyitish sxemalari, boyitish jarayonlarining klassifikatsiyalari
  • Rudalarni boyitishga tayyorlash: Rudalarni maydalash jarayoni va usullari, maydalash darajasi, maydalash bosqichlari, maydalash dastgohlari, g'alvirrash jarayonlarining texnologiyalari, yanchish jarayoni texnologiyasi, yanchilgan mahsulotlarni tasniflash
  • Foydali qazilmalarni boyitish usullari: Foydali qazilmalarni gravitatsiya usulida boyitish, flotatsiya usulida boyitishning fizik kimyoviy asoslari, magnitli usularda boyitish, rudaalrni elektr usullarida boyitish, boyitilayotgan mahsulotlarni suvsizlantirish