Informatika va Axborot texnologiyalari o`quv fanidan Amaliy mashg`ulot darslari uchun

Ushbu kitob biologiya yo'nalishi talabalari uchun amaliy mashg'ulotlar to'plami bo'lib, unda kompyuter savodxonligi, ofis dasturlari, internet texnologiyalari va dasturlash asoslari kabi muhim mavzular yoritilgan. Kitobning maqsadi talabalarga amaliy ko'nikmalarni shakllantirish va ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatida zarur bo'ladigan bilimlar bilan qurollantirishdir.

Asosiy mavzular

  • Kompyuter tarmoqlari, Internet va e-mail. Multimedia dasturi: Kompyuter tarmoqlarining turlari, Internetga ulanish usullari, qidiruv tizimlari, elektron pochta va multimedia dasturlari bilan ishlash asoslari.
  • Web sahifalar va hujjatlar yaratish hamda ular bilan ishlash. MS FrontPage dasturida web sahifa yaratish: Web-sahifalarni yaratish vositalari, HTML tili asoslari, sahifani formatlash, giperishoratlar yaratish, jadvallar, rasmlar va multimedia elementlarini joylashtirish.
  • Kompyuter grafikasi. Adobe Photoshop: Adobe Photoshop dasturida turli rasmlarni yaratish, eski rasmlarni qayta ishlash, birlashtirish, o'zgartirish, ranglar bilan ishlash, tasvirlarni formatlash, effektlar qo'shish.
  • MS Office dasturlari: Microsoft Office dasturlari Microsoft Wordda va Powerpointda hujjatlar yaratish, Microsoft Excelda elektron jadvallarda ishlash, Diagramma va grafiklar yaratish, va Microsoft Access da Jadvallar yaratish, So`rov, Hisoblovchi so`rovlar yaratish, formalarni yaratish
  • Dasturlash asoslari: Dasturlash tillari va amaliy dasturlar yaratishda Algoritmlashtirish asoslari. Chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi algortimlarni tashkil etish , dasturlash struktursi va standart funksiyalari.