Информатика ва информацион технологиялар

Ushbu kitob oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda axborotlashgan jamiyat qurish asoslari, axborot resurslari, axborot texnologiyalari va tizimlari, lokal va global kompyuter tarmoqlari, buxgalteriya hisobi va bank faoliyatidagi axborot tizimlarining o'rni yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Axborotlashgan jamiyat qurish asoslari: Jamiyatni axborotlashtirishning zaruriyati, informatsion jarayonlarning rivojlanish bosqichlari va fanning predmeti va mazmuni ko'rib chiqiladi.
  • Axborot resurslari - axborot texnologiyasining asosi sifatida: Axborot haqida tushuncha, uning turlari, xususiyatlari, iqtisodiy axborotning ta'rifi, o'lchov birliklari, tuzilishi, turkumlilanishi va qayta ishlash jarayonlari bayon etiladi.
  • Axborotli texnologiya - tizim sifatida: Tizim haqida tushuncha, iqtisodiy ob'ekt tizim sifatida, qaror qabul qilishni qo'llab-quvvatlash axborot texnologiyasi, axborotli texnologiyaning yaratish tamoyillari, tuzilishi va rivojlanish bosqichlari yoritiladi.
  • Axborotli texnologiyaning axborot ta'minoti: Axborot ta'minoti haqida tushuncha, mashinadan tashqaridagi va ichidagi axborot ta'minoti, ma'lumotlar bazasi va ma'lumotlar bazasini boshqarish sistemasi ko'rib chiqiladi.
  • Axborotli texnologiyani joriy qilish vositalari: Hisoblash tarmoqlarini tashkil qilish tamoyillari, ma'lumotlarni uzatish va kommutatsiya usullari, EHM tarmoqlarining dasturiy ta'minoti bayon etiladi.
  • Lokal kompyuter tarmoqlari: Lokal kompyuter tarmoqlarini tashkil etishning xususiyatlari va ularning funktsional guruhlari, tarmoq operatsion tizimi ko'rib chiqiladi.
  • Global kompyuter tarmoqlari: Global kompyuter tarmoqlari, Internet global kompyuter tarmog'i va unda ishlash texnologiyalari, iqtisodchilar uchun internetdan foydalanish imkoniyatlari yoritiladi.
  • Axborotli uslubiyatning samaradorligi. Axborot texnologiyalarini qo'llash: Axborotli uslubiyatning samaradorlik tushunchasi, manbalari, ko'rsatkichlari va uni baholash usullari ko'rib chiqiladi.
  • Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalari: Buxgalteriya hisobi axborot tizimlarining umumiy ta'rifi va avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari yoritiladi.
  • Bank faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalari: Bank avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini ishlab chiqish muammolari va xususiyatlari ko'rib chiqiladi.