Геомеханика фанининг умумий тушунчалари

Ushbu kitob kon qazish ishlarida va boshqa kon texnologik jarayonlarda yuzaga keladigan geomekanik jarayonlarni, minerallar va tog' jinslarining fizik-mexanik va boshqa xususiyatlarini o'rganishga qaratilgan. Kitobda tog' jinslari massividagi tabiiy kuchlanish holatlarini, kon lahimlari ta'sirida atrof tog' jinsida yuzaga keladigan geomekanik o'zgarishlarni o'rganish va shu orqali tog' massividagi buzilishlar oldini olish masalalari ko'rib chiqilgan. Shuningdek, kon ishlari jarayonlari va texnologiyasi bilan bog'liq tog' jinslarining fizik o'zgarishlari va yuzaga keladigan geomekanik jarayonlar ham o'rganiladi.

Asosiy mavzular

  • Geomehanika fanining umumiy tushunchalari: Tog' jinslarining fiziko-texnik xususiyatlari, kon massivi haqida tushuncha, tog' jinslari massiviga ta'sir qiladigan tashqi ta'sir maydonlari, fizik texnologik jarayonlar, tog' jinsining massivdagi harakatini belgilovchi fizik va fizik-kimyoviy xossalari, massiv turg'unligini tavsiflovchi tog' jinsi reologik va fizik-mexanik xususiyatlari.
  • Massivning kuchlanish holati va barqarorlik sharoiti: Kuchlanishlar haqida asosiy tushunchalar, tog' jinsi massivining tabiiy sharoitdagi kuchlanish holati, tog' jinsi massivining chegaraviy baqarorlik sharoiti, qiyaliklardagi tog' jinsi massivining barqarorlik sharoiti, gravitatsion maydon, kuchlanish holatining ko'rinishlari, tektonik kuchlanish va uning ta'siri, tog' jinsi massivlari va karer borti turg'unligiga ta'sir etuvchi tabiiy va texnologik faktorlar.
  • Ochiq kon ishlarida tog' jinsi massivining deformatsiyalari: Deformatsiyalarning yuzaga kelish sabablari, to'kma va ag'darilish deformatsiyalari, karer bortlari va pog'onalaridagi surilma deformatsiyalari, izotrop massivlarning surilma deformatsiyalari, siklik surilmalar, mexanik va kimyoviy suffoziya, qiyaliklarning yemirilish deformatsiyalari.
  • Tog' jinslari massivi holatini kuzatish: Massiv holatini kuzatish mohiyati va vazifalari, marksheyderik geodezik kuzatishlar, kuzatishlarning geofizik usullari, geologik va hidrogeologik kuzatishlar, qiyaliklar deformatsiyasi pasportlarini tuzish, qiyaliklar turg'unligini prognozlash mohiyati, qiyaliklar turg'unligini prognozlash usullari, qiyaliklar turg'unligini boshqarishning texnologik usullari.
  • Yer yuzasi va tog' jinslari massivining yer osti kon lahimlari ta'sirida siljish jarayonlari: Yer yuzasi va tog' jinslari siljishlari to'g'risida umumiy ma'lumotlar, ko'mir qatlamlarini qazib olishda siljish jarayonlarining o'ziga xosligi, ruda konlarini qazib olishdagi siljish jarayonlarining asosiy parametrlari, yer yuzasi va tog' jinslarining ag'darilishi va turg'unlik sharoitlari, tog' jinsi massivining strukturaviy-mexanik xususiyatlari.
  • Geomehanik jarayonlarni va hodisalarni o'rganish metodlari: Geomehanikada tabiiy o'lchash metodlarining klassifikatsiyasi, kuchlanish va deformatsiyalarni aniqlash, dinamik ta'sir natijasidagi siljish va kuchlanishlarni aniqlash, fizik modellashtirish usullari, kapital va tayyorlash lahimlari atrofidagi geomehanik jarayonlar va hodisalar, qazib olish ishlari ta'sirida tog' jinsi massividagi dinamik o'zgarishlar.