Кон корхоналари электр ускуналари тўғрисида асосий тушунчалар

Ushbu kitob konchilik korxonalarining elektr uskunalarini va mashinalar yuritgichlarini ishlatish sharoitlari, bajaradigan texnologik jarayon talablari, kon mashinalarida qo'llaniladigan elektr uskunalarini va ularning elektr yuritgichi vazifalarini, tuzilishlarini, kon mashinalari elektr uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik choralarini qamrab oladi.

Asosiy mavzular

  • Kon korxonalari elektr uskunalari to'g'risida asosiy tushunchalar: Kon korxonalarida mashina va mexanizmlar elektr uskunalari va elektr yuritkichlarini ishlatish sharoitlari va ularga qo'yiladigan talablar, rivojlanish tendentsiyasi, texnika va texnologiya yangiliklari.
  • Kon korxonalarida elektr yoritish: Kon korxonalarida elektr yoritishning ahamiyati. Elektr yoritish asboblari. Elektr yoritish asboblarini hisoblash va tanlash usullari.
  • Kon transport va turg'un mashinalarining elektr uskunalari: Transport mashinalarining elektr uskunalari. Konveyer transporti elektr uskunalari, elektrovoz transporti elektr uskunalari, ventilyatorlar, nasoslar va kompressorlarda elektr uskunalari.
  • Tajriba mashg'ulotlari: Himoyalash uskunalarini, yoritish asboblarini, ishga tushiruvchi va boshqaruvchi elektr uskunalarni, transformator nimstansiyasi va tarqatish punktlari elektr uskunalarini o'rganish.