Sabzavotchilik fanining maqsadi, vazifalari va ahamiyati
Kitob sabzavotchilik asoslari, texnologiyasi, navlari va O'zbekiston sharoitida yetishtirish usullari haqida ma'lumot beradi. Unda sabzavot ekinlarining biologik xususiyatlari, kasalliklari, zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralari ham yoritilgan. Kitob, asosan, qishloq xo'jaligi institutlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, soha mutaxassislari va dehqonlar uchun ham foydali bo'lishi mumkin.
Asosiy mavzular
- Sabzavotchilikning ahamiyati va vazifalari: Sabzavotchilik fanining maqsadi, vazifalari, xalq xo'jaligidagi ahamiyati, O'zbekistonda sabzavotchilikni rivojlantirish, sabzavot ekinlarining ahamiyati, kimyoviy tarkibi, shifobaxshlik xususiyatlari, botanik oilalarga ko'ra bo'linishi.
- Sabzavot o'simliklarining biologik xususiyatlari: Sabzavot o'simliklarining issiqlik, yorug'lik, namlik, tuproq va haroratga munosabati, o'sish va rivojlanish bosqichlari, vegetativ va generativ ko'paytirish usullari.
- Sabzavot ekinlarini almashlab ekish: Almashlab ekishning ahamiyati, turlari, dalalar soni, o'tmishdosh ekinlarga bog'liqligi, tuproqni yaxshilash, zararkunanda va kasalliklarni kamaytirish, O'zbekiston sharoitida almashlab ekish sxemalari.
- Himoyalangan yer inshootlari: Himoyalangan joy inshootlarining turlari, tuzilishi, vazifalari, isitilgan yerlar, parniklar, issiqxonalar, O'zbekistonda himoyalangan joy inshootlarining rivojlanishi.
- Himoyalangan joylarda sabzavot ko'chatlarini yetishtirish: Ko'chat yetishtirish uslubining ahamiyati, afzalliklari, kamchiliklari, ko'chat yetishtiruvchi inshootlar, urug'larni ekishga tayyorlash, ko'chat yetishtirish uslublari.
- Himoyalangan joylarda sabzavot ekinlarini yetishtirish: Himoyalangan joy sabzavotchiligi, ko'kat va sabzavotlarni yetishtirish texnologiyasi, yorug'likka talabi, issiqlik tartiboti, sug'orish usullari.
- Kartoshkani ahamiyati: Kartoshkaning ahamiyati, biologik xususiyatlari, kasallik va zararkunandalari, respublikamizda kartoshka yetishtirish texnologiyalari
- Tomatdosh sabzavotlarni yetishtirish: Tomatdosh sabzavotlarni ahamiyati, biologik xususiyatlari va tumanlashtirilgan navlari va yetishtirish texnologiyasi
- Karamli sabzavotlarni yetishtirish: Karamli sabzavotlarni ahamiyati, biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi
- Ildizmevalilarni yetishtirish: Ildizmevalilarni ahamiyati, biologik xususiyatlari va tumanlashtirilgan navlari
- Piyozli sabzavotlarni yetishtirish: Piyozli sabzavotlar ahamiyati, biologiyasi, navlari va yetishtirish texnologiyasi
- Bodring, qovoqchalar, poliz ekinlarini yetishtirish: Bodring, sabzavot qovoqchalar va poliz ekinlarini yetishtirish texnologiyalari