Jismoniy madaniyatning fiziologiya asoslari
Ushbu kitob "O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi Urganch Davlat Universiteti Jismoniy Madaniyat Fakulteti Odam anatomiyasi va fiziologiyasi kafedrasi" tomonidan tayyorlangan "Jismoniy madaniyatning fiziologiya asoslari" fanidan o'quv uslubiy majmuasi hisoblanadi. Ushbu o'quv qo'llanma bakalavriat yo'nalishi 5141900 - "Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat" talabalari uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Kirish. Jismoniy madaniyatning fiziologik asoslari fani: Fanning maqsadi, vazifalari, ahamiyati, rivojlanish tarixi, boshqa fanlar bilan aloqasi, organizmning funktsional rezervlari va adaptatsiya haqida tushuncha.
- Sport mashqlarining fiziologik taʼrifi va tasnifi: Sport turlarining tasnifi, siklik va asiklik harakatlar, tezlik-kuch va shaxsiy kuch bilan bajariladigan mashqlar, murakkab uyg'unlashgan mashqlar, vaziyatga bog'liq mashqlar.
- Sport faoliyatida organizmda yuzaga keladigan fiziologik holatlar: Start oldi holati, razminka, ishga kirishish, turg'un holat, charchash, tiklanish, funktsiyalarning tiklanish xususiyatlari.
- Harakat malakalari shakllanishining fiziologik mexanizmlari: Harakatlar boshqarilishining reflektor mexanizmlari, harakat malakasining somatik va vegetativ komponentlari, harakat malakalarida afferent sintez, harakat malakasi dasturi shakllanishi.
- Jismoniy sifatlar rivojlanishining fiziologik mexanizmlari: Muskul kuchi va uni belgilaydigan biologik omillar, muskul gipertrofiyasi, tezkorlik rivojlanishining fiziologik mexanizmi, sport turlarida tezlik, kuch sifatlarining xususiyatlari, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik, aerob va anaerob sharoitda ish bajarish.
- Tashqi muxit aloxida sharoitlarida sportchi ish qobiliyatining fiziologik asoslari: Yuqori harorat va quyosh nuri kuchli bo`lgan sharoitlarda organizm funktsiyalarining o`zgarishi, yuqori xaroratli sharoitning sportchi ish qobiliyatiga ta`siri, suv va tuzga talabini qondirish yo'llari, adaptatsiya mexanizmlari.
- Atmosfera bosimi past bo'lgan sharoitlarda sportchi ish qobiliyati: Tog` sharoitlarida organizm funktsiyalarining o`zgarishi, sportchining ishga layoqati ta'rifi, gipoksiya turlari, tog kasalligi, odamning biologik ritmlari.
- Ayollarning sport mashqlari bilan shug'ullanishining fiziologik asoslari: Harakat vegetativ funktsiyalarning xususiyatlari, xayz ko`rish sikli, sport bilan shug'ullanishning ayollar organizmiga ta'siri, organizmning gormonal boshqarilishi, yoshga qarab o`zgarish jixatlari.
- Sog'lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyaning fiziologik asoslari: Zamonaviy xayotda jismoniy mashqlarning axamiyati, yoqimsiz omillarga organizmning chidamliligi ortishida jismoniy mashqlarning axamiyati, ertalabki gigienik gimnastika.