"Axloqshunoslik" (Etika), "Nafosatshunoslik" (Estеtika), "Mantiq" (Logika) fanlaridan amaliy mashg`ulotlar o`tkazish yuzasidan uslubiy qo`llanma
Ushbu kitob, O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta'lim Vazirligi Jizzax Politexnika Instituti kafedrasi tomonidan tayyorlangan uslubiy qo`llanma bo'lib, "Axloqshunoslik" (Etika), "Nafosatshunoslik" (Estetika) va "Mantiq" (Logika) fanlaridan amaliy mashg`ulotlar o`tkazishga mo'ljallangan. Qo'llanma talabalarga seminar darslarini o`zlashtirishga yordam berish, odob, axloq, go`zallik, nafosat hamda to`g`ri fikrlash qobiliyatlarini o`stirishga qaratilgan. Qo'llanma 18 ta mavzudan iborat.
Asosiy mavzular
- Axloqshunoslik: Axloqshunoslikning predmeti, tadqiqot doirasi va vazifalari; axloqiy tafakkur taraqqiyotining asosiy bosqichlari; turkiston ma'rifatchi - jadidlarining axloqiy qarashlari; axloqning kelib chiqishi, ixtiyor erkinligi va axloq tuzilmasi; oila, fuqarolik jamiyati va davlatning axloqiy asoslari; axloqiy madaniyat va kasbiy odob.
- Nafosatshunoslik (Estetika): Estetikaning predmeti, tadqiqot doirasi va vazifalari; estetik tafakkur taraqqiyotining asosiy bosqichlari; turkiston ma'rifatchi-jadidlarining estetik qarashlari; estetikaning asosiy tushunchalari; san'atning kelib chiqishi va taraqqiyoti; badiiy ijod jarayoni, badiiy asarni estetik idrok etish va estetik tarbiya.
- Mantiq (Logika): Mantiq ilmining predmeti va ahamiyati; mantiq fani rivojlanishining asosiy bosqichlari; formal mantiqning asosiy qonunlari; tushuncha; hukm; xulosa chiqarish; dalillashning mantiqiy asoslari. Muammo. Faraz.